Android uchun Twitter’da tungi rejim avtomatik yoqiladigan bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1249
  •  21.06.2017 11:52

Android uchun Twitter’da tungi rejim avtomatik yoqiladigan bo‘ldi

Joriy yilning aprelida Android tizimli qurilmalar uchun Twitter ilovasi ishlab chiquvchilari tungi rejimning avtomatik tarzda yoqilishi va o‘chirilishini sinovdan o‘tkaza boshlagan edilar. Endi mazkur funksiya ushbu ilovaning yangi beta-versiyasiga to‘la joriy etildi, deb yozadi 9to5google.com sayti.

Twitter 7.2.0 versiyasigacha yangilanishda, tungi rejim faol holda bo‘lgan foydalanuvchilar yorqin interfeysli mavzuga o‘tib qoladilar. Ammo sozlamalarini chiqarish funksiyasini birinchi ishlatishdayoq ularga rejimlar orasida avtomatik o‘tishni sozlashni taklif etiladi. Ilova quyosh botishi bilan tungi rejimni yoqish, quyosh chiqishi bilan bu rejimni o‘chirishni taklif qiladi.

Mazkur opsiya Android uchun Twitter’ning barqaror versiyasiga keyingi haftada joriy etilishi kutilayotir. Dasturni mana bu havola orqali Google Play’dan bepul olib o‘rnatish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.