Android yaratuvchisi ramkasiz smartfon tayyorlamoqda

Android yaratuvchisi ramkasiz smartfon tayyorlamoqda

Bundan bir yilcha oldin Android platformasini yaratgan Endi Rubin yangi smartfon chiqarishi haqida ba’zi xabarlar tarqalgan edi. Bloomberg nashrining yozishicha, Rubin asos solgan Essential kompaniyasi 2017 yilda o‘zining ilk qurilmasini namoyish qiladi.

Rubin 2014 yilda Google kompaniyasini tark etib, robototexnika, sun’iy intellekt va to‘ldirilgan reallik innovatsiyalari bilan bog‘liq startaplarga sarmoya ajratadigan PlayGround Global jamg‘armasini tashkil qilgan edi. Essential kompaniyasida esa hozirda sobiq Google va Apple xodimlaridan iborat 40 nafar dasturchi xizmat qiladi.

Gagadget saytining yozishicha, Essential smartfonlaridan biri qariyb 6 dyuymli ekranga ega bo‘ladi, biroq ramkalarning yo‘qligi bois ixcham ko‘rinish kasb etadi. Startap hozirda bosish kuchiga javob qaytaradigan displeylarni sinovdan o‘tkazmoqda. Smartfonning orqa korpusi keramikadan, yon ramkalar metalldan ishlanadi. Bundan tashqari,  startap yangi maxsus zaryadlash uyasi va 360 gradusli kameralarni ham tayyorlamoqda.

Smartfon Snapdragon 835 protsessorida ishlaydi, 4 GB tezkor xotira bilan jihozlanadi. Model 2017 yilning o‘rtalarida taqdim etilishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.