Antiqa dizayndagi Honor Magic3 va 3 Pro smartfonlarining narxi va asosiy texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Antiqa dizayndagi Honor Magic3 va 3 Pro smartfonlarining narxi va asosiy texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Honor kompaniyasi o‘zining ikki yangi flgamani bo‘lgan Magic3 va 3 Pro smartfonlarining taqdimot sanasini ma’lum qildi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, smartfonlarning taqdimoti 12 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Honor yangi buklamafon taqdim etishi kutilmoqda

Bir necha manbalar orqali qurilmalarning ayrim texnik ko‘rsatkichlari ham ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, manbalarda ikkala smartfonning narxi ham aytib o‘tildi. Honor Magic3 620 dollar, Pro talqini esa 770 dollardan sotiladi.

Honor Magic3 Pro displey ostida joylashgan selfi kameraga ega bo‘lib, displeyning ikki tomoni qayrilgan bo‘ladi. Magic3 esa 6.76 dyuymli displeyga ega bo‘lib, uning rezolyusiyasi 1334x2772 pikselni tashkil qiladi. Qurilmada ikkita selfi kamera bo‘lishi kutilmoqda.

Ikkala smartfon yoki Pro versiyasining o‘zi Snapdragon 888+ SoC chipiga ega bo‘lishi mumkin. Magic3 Pro esa 100 vattda quvvat olishi, shuningdek 50 vattda simsiz quvvat olishi ma’lum bo‘ldi.

Kameralar haqida so‘z borar ekan, Magic3 Pro telefoto kameraga ega bo‘lib, ushbu kamera 100x gibrid zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning asosiy kamerasi esa yuqori rezolyusiyaga ega bo‘ladi. Magic3 smartfonining kamera moduli esa to‘rta kameradan iborat bo‘ladi.

O‘QING: 120Hz displey, 108MP kamera hamda Google xizmatlariga ega Honor 50 seriyasi taqdim qilindi