AnTuTu haqida nimalarni bilasiz?

AnTuTu haqida nimalarni bilasiz?

AnTuTu (Xitoycha: 安兔兔; pinyin: ĀnTùTu) xitoyliklar tomonidan ishlab chiqilgan etalon test bo‘lib, telefon va boshqa qurilmalarni sinovdan o‘tkazib, ularni boshqa devayslar bilan taqqoslash uchun keng qo‘llanilinadi.

Barqaror relizi v7.0/2018, fevral
Operatsion tizimlar Android, iOS, Windows
Platformasi ARM, x86, x86-64, MIPS
Tili ingliz
Turi etalon test
Web-sayti antutu.com

 

Ushbu sinov dasturi Pekinning Chaoyang tumanida joylashgan kompaniya tomonidan yaratilgan bo‘lib, bu kompaniyaning o‘ziga xitoylik tadbirkorlar Shao Ying va Liang Binlar tomonidan asos solingan.

AnTuTu testi shunchalik ommalashib ketganidan, smartfon va boshqa qurilmalar ishlab chiqaruvchilar sinovlarda g‘irromlik qilishga o‘tishgan. Bu esa, tabiiyki, AnTuTu'ning mavqeiga putur yetkazib, unga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga sabab bo‘lgan. Bunga javoban, xitoyliklar AnTuTu X'ni yaratishgan. Bu sinovda esa g‘irromlik qilish oson emas.

AnTuTu'ning ilk talqini 2011-yilda yaratilgan bo‘lib, ushbu versiya qurilmalarning CPU'si, 2D / 3D grafikasi, SD-karta o‘qishi/SD-kartaga ma’lumot yozishi kabilarni sinovdan o‘tkazgan. Sintetik testning joriy yettinchi versiyasi esa 2018-yil fevralda taqdim qilingan bo‘lib, quyidagi xususiyatlarga ega:

•Yangi dizayndagi 3D test hududlari: neft zavodi va sohil bo‘yi;
•Ochiq grafika kutubxonasi (OpenGL) ES 3.1+ AEP qo‘llab-quvvatlanishi;
•Tesselyasiya va soya qo‘llab-quvvatlanishi;
•Amaliy ahamiyatli jihatlar (WebView, QR-kod, Scroll) larni sinovdan o‘tkazuvchi yangi UX (foydalanuvchi amaliyoti) testi;
•Yangicha ball proporsiyasi;
•Akkumulyator harorati, akkumulyator quvvati foizi kabilar haqida batafsil ma’lumot.

O‘QING: Geekbenchʼda imtihondan o‘tgan Realme 5 Pro'ning asosiy jihatlari oshkor bo‘ldi