AnTuTu: Mi Mix 2 va Mi Note 3 samarali ishlash bo‘yicha imtihon topshirdi

AnTuTu: Mi Mix 2 va Mi Note 3 samarali ishlash bo‘yicha imtihon topshirdi

Kechagina taqdim qilingan Xiaomi Mi Mix 2 flagmani hamda Mi Note 3 smartfonlari bugun mobil vositalar platformasi samaradorligini sinovdan o‘tkazuvchi taniqli AnTuTu benchmarkida sinovdan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, Mi Mix 2 smartfoni Mi6 bilan deyarli bir xil -- 170 248 (Xiaomi Mi6 -- 172 075) ball to‘pladi. 

Ayni paytda eng ilg‘or mobil vosita protsessori sifatida e’tirof etilayotgan, 8 ta “Kryo 280” yadrolariga, Adreno 540 video-kartasi va X16 LTE modemiga ega Qualcomm Snapdragon 835 “elektron yurakcha”si ma’lumotni 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydi. Bu juda katta tezkorlik. AnTuTu benchmarkida 2017 yilning 11 aprel kuni aniqlangan Qualcomm Snapdragon 835 protsessori o‘rnatilgan Xiaomi Mi6 170 000 ball to‘plashga muvaffaq bo‘lgan edi.  

Ushbu reytingning yetakchilari bo‘lgan iPhone 7 Plus hamda iPhone 7 esa 172 644 va 170 124 ball to‘plashgan. Bir muddat avval Samsung Galaxy S8’ning Snapdragon 835 protsessoriga ega talqini ushbu imtihonda 162101 ball to‘plagan edi. Galaxy S8’ning Exynos 8895 protsessoriga ega talqini 174155 ball to‘plashga erishgan. 

Flagman chiplardan bir oz orqada bo‘lgan, biroq ilg‘or Snapdragon 660 protsessori o‘rnatilgan Xiaomi Mi Note 3 esa benchmarkda 114 230 ball to‘pladi. Bu Snapdragon 660 chipiga ega Oppo R11 natijasidan ozgina past. Oppo R11 imtihonlarda 119 403 ball yiqqan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!