AnTuTu reytingida yetakchi o‘zgardi

AnTuTu reytingida yetakchi o‘zgardi

AnTuTu benchmarkida Red Magic 7 smartfoni 1 101 769 ballni qo‘lga kiritib, yetakchilikni Black Shark 4S Pro'dan tortib oldi. 

Yaqinda ushbu smartfon Xitoyda sotuvga chiqadi. Mahalliy regulyator 3C bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 165 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi. 

Red Magic 7 modeli allaqachon TENAA tomonidan sertifikatlangan. Unga ko‘ra, qurilma Snapdragon 8 Gen1 chipi, 18GB tezkor va 1TB doimiy xotira, 64MP asosiy kamera hamda 6.8 dyuymli OLED displeyi bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Ramkasiz displeyga ega bo‘lgan ilk o‘yinbop smartfon taqdim etiladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!