AnTuTu yanvar oyidagi eng kuchli smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi

AnTuTu yanvar oyidagi eng kuchli smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi

AnTuTu benchmark platformasi yanvar oyidagi eng kuchli 10 ta flagman va o‘rta toifa qurilmalari reytingini e’lon qildi. 

Yanvar reytingi dekabrdagiga ancha o‘xshash: vivo‘ning uchta mobili chartda yetakchi bo‘lib turibdi. OnePlus'ning ikkita yangi qurilmasi va Asus ROG Phone II eng kompetent qurilmalardan deb ko‘rsatildi.AnTuTu vivo smartfonlarining yetakchiligiga ulardagi UFS 3.0 hamda F2FS fayl tizimi kabi texnik ta’minot omillari bilan birga dasturiy ta’minot faktorlari sabab qilib ko‘rsatdi. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turgan vivo iQOO qurilmalarining har ikkisida suyuq sovutish tizimi mavjud bo‘lib, bu devays qizib ketganda ham a’lo darajada ishlashni ta’minlaydi.Benchmark o‘rta toifa mobillarning top 10 ro‘yxatini ham ma’lum qildi. Bunda Oppo Reno3 birinchi o‘rinni egallab turibdi. Reno3'dan anchayin past ko‘rsatkichga ega vivo X30 Pro esa ikkinchi o‘rinda. Qizig‘i, Mediatek Dimensity 1000L chipida ishlovchi Reno 3 Snapdragon 765G'ga ega Reno3 Pro'dan ham oldinda. 

Bu natijalar umumiy bo‘lib, qurilmalarning kamerasi, dizayni, batareya sig‘imi yoki tezkor quvvatlash imkoniyatlarini taqqoslash imkonini bermaydi, deb yoziladi AnTuTu saytida.

Oppo Reno3 31-dekabr kuni taqdim qilingan va AnTuTu'dan ilk marotaba yanvar oyida sinovdan o‘tgan. Mediatek'da Cortex A77 yadrolari va Mali-G77 grafik protsessori ishlatilgan. 

Fevral oyida bir qator smartfonsozlar Snapdragon 865 chipiga ega qurilmalar ishlab chiqarishi kutilmoqda. Demak, yangi oyda reytingda yangi qurilmalar paydo bo‘lishiga ishonamiz.

O‘QING: AnTuTu rekordchisining nafaqat protsessori, balki akkumulyatori ham zo‘r ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!