AOS firmasi smartfonni simsiz zaryadlaydigan monitorni tayyorladi

AOS firmasi smartfonni simsiz zaryadlaydigan monitorni tayyorladi

AOS firmasi Qi standartidagi simsiz zaryadlanadigan texnologiya bilan jihozlangan 27 dyuymli monitorni namoyish qildi. Zaryadlash paneli monitor podstavkasiga o‘rnatilgan bo‘lib, smartfonni quvvatlash uchun uni mazkur panel ustiga qo‘yish kifoya.

IXBT nashrida yozilishicha, AOC P2779VC monitorining displeyi Full HD aniqligidagi PLS matritsasida ishlangan. Ekran 8-bitli rang namoyishini qo‘llab-quvvatlaydi. Yorqinlik darajasi 300 kd/m2 bo‘lib, kulrang jilo o‘rtasidagi qayta yonish vaqti 5 ms.

Ikkita HDMI 1.3 sloti, bitta VGA va naushnik sloti ko‘zda tutilgan. Quvvat sarfi 23,5 Vattdan yuqori emas. Qurilma xira qora rangli korpusga ega. Monitorning narxi 250 dollar atrofida.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.