Apacer barmoq izi skaneri bo‘lgan USB-fleshkani taqdim etdi

Apacer barmoq izi skaneri bo‘lgan USB-fleshkani taqdim etdi

Apacer kompaniyasi barmoq izini skaner qiluvchi USB-fleshkani taqdim etdi. Apacer-AH650-1 modelida sensor barmoqlarni o‘tkazib olish talab qilinadigan odatdagidek yo‘l-yo‘l ko‘rinishda bo‘lmasdan, maxsus maydoncha shaklida ishlab chiqilgan. Bu esa barmoqlarni har qanday burchakdan joylashtirish orqali qulfni ochish imkonini beradi.

Ishlab chiqaruvchining tasdiqlashicha, AH650 ixcham turdagi daktiloskopik sensorga ega ilk flesh-tashuvchi hisoblanadi. Barmoq izlarini aniqlovchi texnologiya o‘zining yuqori tezligi va bexato aniqlashi bilan ajralib turadi. Bir vaqtning o‘zida foydalanuvchi uchun juda qulay, deya qayd etmoqda Apacer.

Kompyuterga ulanish uchun USB 3.0 interfeysidan foydalaniladi. Barmoq izlari esa “fleshka”larning himoyalangan qismiga kirish uchun kalit vazifasini bajaradi. Axborot tashuvchisi jami bo‘lib o‘n kishi — 8 foydalanuvchi hamda foydalanuvchilarni qo‘shish va o‘chirib tashlashi mumkin bo‘lgan 2 ma’murning barmoq izlarini xotirasida saqlashi mumkin.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qish rejimida AH650 tezligi 130 Mb/soniyagacha chiqadi. Model oltin va kumush qo‘llanilgan 32 va 64 Gb hajmda savdoga chiqariladi.