Apple arzon iPhone 7 va iPhone 7 Plus sota boshladi

Apple arzon iPhone 7 va iPhone 7 Plus sota boshladi

5,5 dyuymli Retina HD displeyi, 12 Mp asosiy kamera va 7 Mp old kamera, suv va changddan himoya korpus, yangilangan «Home» tugmasi, stereodinamikalar, avvalgisidan 40% tezroq ishlaydigan A10 Fusion protsessori, 3,5 mm hajmidagi audio tuynukdan mahrum bo‘lishi, uzoq muddatga yetuvchi akkumulyatori bilan, o‘z vaqtida mashhur bo‘lib ketgan iPhone 7 modeli arzonlashtirilgan narxlarda sotuvga chiqarildi.

Apple har yili qayta tiklangan ayfonlarni rasman sotuvga chiqaradi. An’anaga ko‘ra, navbat 2016 yilda taqdim qilingan iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus flagmanlariga keldi. O‘lchami va kameralari bilan bir-biridan farqlanadigan bu ayfonlar hali ham texnik jihatdan kuchli hisoblanadi.

Refurbished, ya’ni qayta tiklangan iPhone — bu nosozlik bois savdodan qaytgan, Apple tomonidan qayta yig‘ib olingan va sozlangan smartfonlar. Bu kabi ayfonlarga ham sotilayotganda yangilari kabi bir yillik kafolat beriladi.

Qayta tiklangan ayfonlarga kompaniya qo‘ygan narxlarni e’lon qilamiz.

iPhone 7

32 GB — $499 (yangisi -- $549)
128 GB — $589 (yangisi -- $649)
256 GB — $679 (kompaniya saytida mavjud emas)

Mavjud ranglari: qora, xira tusli qora, kumush, tilla rang va pushti.

iPhone 7 Plus

32 GB — $599 (yangisi -- $669)
128 GB — $689 (yangisi -- $769)
256 GB — $779 (kompaniya saytida mavjud emas, biroq rasmiy do‘konlarda $969)

Mavjud ranglari: qora, tilla rang va och pushti rang.

Apple kompaniyasi tomonidan tasdiqlanishicha, barcha sotuvga chiqarilgan bu iPhone modellari sinchiklab tekshirilgan va to‘liq sozlangan, sinovdan o‘tkazilgan hamda yangilari kabi qadoqlangan, qo‘llanma va barcha aksessuarlari bilan sotuvga chiqarilgan.

Kompaniya qayta tiklangan ayfonlarga batareya va korpusni ham boshqatdan o‘rnatadi va ularni yangisidan ajratib olish qiyin.

Hozircha bu kabi ayfonlar faqat AQSh da sotuvga chiqarilgan. Tez orada boshqa smartfon bozorlarida ham sotila boshlashi kutilmoqda.

iPhone 7 Plus xuddi shu sig‘imli 2 ta bosh kamer ob’yektivi bilan ta’minlangan. Qo‘sh kameralardan biri keng burchakli surat olsa, boshqasi fokusni o‘rnatadigan teleob’yektiv vazifasini bajaradi.

iPhone 7 Plus kamerasidagi 2-modulda ob’yektni 10 martagacha yaqinlashtirish mumkin bo‘lgan «raqamli zum» texnologiyasi tatbiq etilgan. Shu bilan birga, surat sifati saqlab qolinadi.

Eslatib o‘tamiz, iPhone 7 va 7 Plus smartfonlari 2016 yilning 16 sentyabrida sotuvga chiqarilgan. iPhone 7’ning oddiy talqini 649 AQSh dollardan, iPhone 7 Plus esa sotuvga $769 dollardan chiqarilgan edi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: yangi va qayta tiklangan ayfonni qanday ajratish mumkin?

Agar iPhone modelining raqami ‘M’ harfi bilan boshlangan bo‘lsa, bu -- yangi ayfon bo‘ladi. Agar model raqami ‘F’ bilan bo‘lsa, bu qayta tiklangan ayfon bo‘ladi.

Model raqamini aniqlash uchun "Sozlamalar menyusi"ga kiring: Settings > General > About. Shunda pastroqqa tushib, "Model section" ga kiring. Bu yerda 9 ta raqamli kodga duch kelasiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!