Apple’ga qarshi Huawei «jang»ga kirayotir!

  •   DiMaX
  •  1446
  •  11.12.2017 10:47

Apple’ga qarshi Huawei «jang»ga kirayotir!

iPhone X ekranining yuqori qismidagi, True Depth qismlari uchun ajratilgan «o‘yiq» smartfonlar dizaynida yangi bosqichni boshlab berdi, desak xato bo‘lmas. Axir, boshqa kompaniyalar ham aynan shunday ekranli displey yaratishga kirishib ketishdi-ku. Garchi birorta shunday «o‘yiq»li displeyga ega qurilma rasman taqdim etilmagan bo‘lsa-da, bu borada dadil harakatlar ko‘zga tashlanyapti.

O‘QING: iPhone X yakkahokimligiga chek qo‘yishmoqchi – BOE «o‘yiqli» AMOLED-displey yaratdi!

Mazkur dizayn bo‘yicha Apple’ga qarshi to‘laqonli smartfon bilan birinchilardan bo‘lib maydonga tushayotgan Huawei bo‘ladi, deb yozadi AppleInsider.ru.

Xabarda aytilishicha, xitoylik ushbu texnogigant yaratayotgan yangi smartfonning displeyi tepasida «o‘yiq»li bo‘ladi:

Bu tasvir yangi yaratilayotgan qurilmaning dastur kodida «qo‘lga tushib» qolgan. U bilan birga yana «ro.config.hw_notch_size» fayli ham uchraganki, bu nomdagi «notch» so‘zi aynan «o‘yiq»ni anglatadi.

Xullasi kalom, 2017 yildagi bir-biriga juda o‘xshash smartfonlar orasida iPhone X ajralib turishini Apple qanchalik istasa ham, hamma narsaning nusxasini yarata oluvchi xitoyliklar mazkur an’analariga sodiq qolishayotir.

Shuningdek, ekranda ushbu «o‘yiq»qa taqlidni ifodalovchi ilovalar ham ishlab chiqilgan. Masalan...

O‘QING: Endi istalgan Android-smartfonni iPhone X’ga aylantirish mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!