Apple iPhone'dagi tezkorlik pasaytirilishini tasdiqladi

Apple iPhone'dagi tezkorlik pasaytirilishini tasdiqladi

(Reuters) - Apple Inc korporatsiyasi uni eski iPhone'larning platforma samaradorligini sun’iy usulda pasaytirib qo‘yishda ayblagan kompaniyaning da’volariga munosabat bildirdi.

Avval xabar berganimizdek, Primate Labs ekspertlari iPhone foydalanuvchilarning ommaviy noroziligidan so‘ng ushbu holatni shaxsan tekshirib ko‘rishga ahd qilishdi. Natijalar asosida Primate Labs ekspertlari iPhone foydalanuvchilarning barchasi bu holatni payqashgan va Apple kompaniyasining o‘zi smartfonlar ishlashini sun’iy ravishda pasaytirib qo‘yishini ta’kidlashgan. Jumladan, bugunga qadar iPhone 6, iPhone 6s, iPhone SE hamda bulargacha taqdim qilingan barcha ayfonlarning platforma imkoniyatlari pasaytirib kelingan.

Apple esa mazkur da’vo yuzasidan munosabat bildirib, kompaniya ayfonlarning quvvat ta’minotini saqlab qolish uchun choralar ko‘rishini va bu choralar qisman protsessor faoliyatining sekinlashuviga olib kelishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, telefon batareyasi protsessor talab qilgan maksimal elektr toki oqimini ta’minlay olmasa, platforma samaradorligi tushib ketadi.

Muammo shundaki, faqatgina Apple mahsulotlari emas, balki litiy-ionli batareyalar o‘rnatilgan devayslar vaqt o‘tishi bilan quvvat ta’minotida muammoga duch kelishadi. Natijada, gadjetlar akkumulyatorlarining portlashi, qizib ketishi kabi muammolar kuzatiladi.

"Biz o‘tgan yili iPhone 6, iPhone 6s hamda iPhone SE smartfonlarida maxsus funksiyani joriy qildik. Bu jihat ularga yuqoridagi nosozliklarga duch kelmaslik uchun zarur bo‘ladi. ", deb yozadi Apple o‘z bayonotida. Ya’ni, bu funksiya yordamida ayfon qurilmasi akkumulyatorda yuqori toklanish yuz berganda protsessorni kuyishdan himoya qilish uchun avtomatik ravishda o‘chadi.

2016 yildan boshlab iPhone'larning to‘satdan o‘chib qolishi odatiy holga aylandi. Jumladan, sovuq sharoitda, akkumulyator quvvati past bo‘lganida yoki ayfon qurilmasi eski bo‘lgan holatda gadjet o‘zidan o‘zi o‘chib qolaveradi. Bu muammoni uning akkumulyator batareyasini yangilash orqali hal qilish mumkin. Apple'ning rasmiy xizmat ko‘rsatish markazlarida buning uchun $79 dollar to‘lash kerak bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!