Apple iPhone SE 2 (2018): eng so‘nggi ishonchli tafsilotlar

Apple iPhone SE 2 (2018): eng so‘nggi ishonchli tafsilotlar

Apple iPhone SE 2 (2018) smartfoni bugun eng ko‘p gapirilayotgan va kutilayotgan smartfon modellaridan biri. Bu telefon xususida ayni paytda ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Jumladan, uning jihatlari va taqdimot kuni ham hozirdanoq "bashorat" qilingan.

Misol uchun, kimdir bu telefon apparatining mart oyida taqdim qilinishini aytsa, boshqa birov uning 2016 yildagi modeldan farq qilmasligini gapirmoqda.

So‘nggi ishonchli ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, yilning eng ixcham flagmani bo‘lishi kutilayotgan mazkur model kompaniya har yili bahorda, ya’ni 21 martda o‘tkazadigan WWDC 2018 anjumanida ilk marta namoyish qilinadi.

Xitoyning taniqli QQ resursi kuni kecha smartfonga xos jihatlar o‘rin olgan yangi ma’lumotlarni taqdim qildi.

Unga ko‘ra iPhone SE 2 (2018) smartfoni Apple kompaniyasi tomonidan 2018 yilning birinchi yarim yilligida, ya’ni shu yilning yoziga qadar taqdim qilinadi va shu davrda, aniqrog‘i 1 iyulga qadar bozorga chiqariladi.

Apple iPhone SE 2 (2018) smartfoni 4,2 dyuymli IPS-ekran, 4 yadroli A10 Fusion (iPhone 7 kabi) protsessori, 2 GB operativ xotira hamda 32/128 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi.

Apple iPhone SE 2 (2018) smartfonida iPhone 6s kabi ikkinchi avlod Touch ID barmoq izi skaneridan foydalaniladi. Shu bilan birga, mazkur yangi modelda 12 megapikselli bosh hamda 7 megapikselli aniqligida surat oluvchi old kamera modullari bo‘ladi.

Apple iPhone SE 2 (2018) smartfoni Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 5.0, 4G, (VoLTE), NFC (Apple Pay uchun), A-GPS, BDS hamda GLONASS kabi modul va sensorlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, bu modelga Power Delivery (PD) deb nom olgan tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan Lightning porti o‘rnatilgan.

Bir necha hafta ishonchli ma’lumotlari bilan nom qozongan tahlilchi Min-Chi Kuo ham iPhone SE 2 modeli xususida to‘xtalib, smartfonning 2018 yilda ishlab chiqarilishini, uning tashqi ko‘rinishi 2018 yilgi modeldan farq qilmasligini ma’lum qilgan edi.

Insayderning fikricha, 2018 yildagi model avvalgisidan faqatgina texnik jihatdan farq qiladi. Bu esa yangi ayfonning yanada tezkor ishlashiga xizmat qiladi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda «olma» korporatsiyasi 3 ta iPhone smartfonlari ustida ishlamoqda. Shu sababli, kompaniya 4 dyuymli telefon dizaynini takomillashtirish uchun vaqt ajrata olmaydi

Bir muddat avval iPhone SE 2 (2018) smartfonining romsiz ekran hamda Face ID texnologiyasiga ega bo‘lgani aks etgan video hamda suratlar tarqalgan edi. Aftidan, ixcham ayfon bu jihatlarga ega bo‘lmaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!