Apple'ning bu yilgi muhim rejalari ma’lum bo‘ldi

Apple'ning bu yilgi muhim rejalari ma’lum bo‘ldi

Apple korporatsiyasi 2018 yilda taqdim qilinadigan yangi avlod ayfonlarida ekran yuqorisidagi, sensor va kameralar o‘rin olgan "o‘yiq" hajmini qisqartiradi. Bu to‘g‘rida MacRumors insayderi xabar tarqatmoqda.

Mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, 2018 yilda TrueDepth sensorining faoliyati bilan bog‘liq katta o‘zgarish qilinmaydi. Aks holda, ayfon yetkazib berishda yana tanqislik yuzaga kelishi mumkin.

Tahlilchilarning ma’lum qilishlaricha, Apple bu yil iPhone X «merosxo‘ri» bo‘lgan, ya’ni romsiz ekranli 3 ta ayfon modellarini taqdim qiladi.

Bu modellardan 2 tasida OLED-displey o‘rnatiladi. Ularning biri 5,8 va ikkinchisi 6,5 dyuymli ekran bilan ta’minlanadi. Uchinchi ayfon — 6,1 dyuymli hamda IPS-matritsali bo‘ladi. Bu ayfonga ham TrueDepth-kamera o‘rnatiladi. Joriy yilda kompaniya iPad qurilmasida ham Face ID texnologiyasini tatbiq qiladi.