Apple'ning kuzda kutilayotgan barcha devayslari bilan tanishing

Apple'ning kuzda kutilayotgan barcha devayslari bilan tanishing

Joriy yilning kuzida amerikalik axborot texnologiyalari ishlab chiqaruvchisi Apple bizni uchta iPhone modellaridan tashqari, boshqa apparat mahsulotlarining yangilangan talqinlari bilan ham xursand qiladi. TF International Securities kompaniyasi tahlilchisi Ming-Chi Kuoga ko‘ra, kupertinolik gigant hattoki bir necha yillardan buyon unutib qo‘ygan gadjetlarini ham yangilashni reja qilgan.

Xo‘sh, Apple sentyabrdagi taqdimotda nimalarni taqdim qilmoqchi? Quyida bu ro‘yxat bilan yaqindan tanishamiz.

Displey diagonali 5,8, 6,1 hamda 6,5 dyuymli bo‘lgan yangi iPhone devayslari;
Face ID qiyofani skanerlash texnologiyasi tatbiq qilingan va ekrani 11 dyuymli bo‘lgan iPad Pro plansheti;
MacBook, MacBook Pro (taqdim qilindi), iMac hamda Mac Mini + yangi va qimmat bo‘lmagan noutbuk;
Displey diagonali 1,57 hamda 1,78 dyuymgacha bo‘lgan Apple Watch "aqlli soati";
Simsiz quvvatlash tizimi joriy qilingan hamda AirPower quvvatlash paneliga ega bo‘lgan AirPods ovozli yordamchi gadjeti;

Kuoning qayd etishicha, Apple bu yil Face ID funksiyasi o‘rnatilgan, shuningdek ekrani kattalashtirilgan iPad Pro devaysini taqdim qiladi. Endi planshetlarda ham Home tugmasidan voz kechilishi natijasida planshet ekranining romlari qisqarib, planshet o‘lchamini saqlagan holda, displeyni kengaytirish imkoni mavjud bo‘ladi. Aniqrog‘i, displey diagonali 11 dyuymga yetadi.

Yangi Mac Mini nimasi bilan o‘ziga xos?

Janob Kuoning ta’kidlashicha, yangilangan Mac Mini ham kuzda taqdim qilinadi. Tahlilchining ishonch bilan aytishicha, bu yil kuzda Apple o‘z va’dasining ustidan chiqadi hamda yangi avlod desktop kompyuterini ishlab chiqaradi. Uning bosh o‘ziga xosligi narxining ancha pastligida. Hozircha boshqa jihatlar haqida ma’lumot yo‘q.

Yangi Apple Watch
Apple Watch, kutilganidek, hozirgi avlodga qaraganda kattaroq displey bilan ta’minlanadi. Aniqrog‘i yangi "aqlli soat"ning ekrani 15% ga kattalashadi. Foydali maydonnning hajmi oshishi evaziga undan unumli foydalanish imkoni ham oshadi. Ishlab chiqaruvchi pulsometr sensorini ham yangi funksiyalar bilan boyitadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.