Apple o‘z rekordini yangiladi

Apple o‘z rekordini yangiladi

App Store'dan 2019-yil davomida tushgan daromad rekord darajada bo‘ldi va kompaniya do‘kondagi ilova yaratuvchilariga 38 milliard ulush to‘ladi. 

Bu haqida kompaniyaning o‘zi xabar bermoqda.

Bu 2008-yilda ishga tushirilganidan buyon do‘kondan kelgan daromad (155 milliard) ning chorak qismi hisoblanadi. Taqqoslash uchun, 2018-yilda ilova egalariga 34 milliardlik ulush berilgandi.

Xuddi shunday, 2020-yil ham App Store uchun omadli boshlandi — Yangi yil kuni do‘kondan 386 million dollar tushdi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 20% lik o‘sishdir.Ortda qolgan yil Apple xizmatlari uchun muhim davr bo‘ldi, sababi aynan mana shu yilda Apple TV+, News+ va Arcade kabi xizmatlar ishga tushirildi. Apple Music va Apple Pay xizmatlarini ham taqdim qiluvchi kupertinolik kompaniya o‘z biznes modelini ko‘proq servislar sohasiga qaratmoqchi.

Apple har bir servisdan qancha mablag‘ tushgani haqida batafsil ma’lumot bermadi, biroq Apple TV xizmati LG, Sony va VIZIO'larning aqlli televizorlariga ham joriy qilinishi, kontaktsiz tranzit xizmati endilikda Vashinton okrugi, Shengjen va Guangdjoudagi mijozlarga ham taqdim qilinishi haqida xabar berdi. 

O‘QING: «Beli baquvvat» iPhone SE 2’ni videoda batafsil ko‘ramiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.