Apple va Samsung bu innovatsiyani yaratishda poyga o‘ynamoqda

Apple va Samsung bu innovatsiyani yaratishda poyga o‘ynamoqda

2009 yildan boshlab Apple hamda Samsung kompaniyalari shaffof displey panellarini yaratish borasida qizg‘in tadqiqotlarni amalga oshirib kelishmoqda. Har ikkala kompaniya ham mazkur turdagi ekran uchun patent olishgan.

9 yil ilgari Apple ilk marotaba maxsus ekranni patentlagan edi. Unda yozilishicha, bunday ekranlardan AR-ilovalar uchun foydalanish mumkin. O‘sha yili o‘tkazilgan CES texnologiyalar ko‘rgazmasida Samsung shaffof displeyning namunasini taqdim qilgan edi.

2014 yilda koreyalik ishlab chiqaruvchi patentlash byurosiga navbatdagi patent arizasini taqdim qildi. Unda yaxlit shishali paneldan iborat gadjet konsepsiyasi aks etgan bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida displey ham hisoblanadi.

2017 yilgacha Apple bu texnologiya bilan shug‘ullanmay qo‘ygan edi. Shu yili esa kompaniya korpusida shaffof ekran joylashtirilgan ilk smartfonning namunasini namoyish qildi.

2018 yilning martida esa Samsung kompaniyasi yana bir o‘ziga xos gadjetni patentladi. Bu gadjet ikki qismdan iborat bo‘ladi. Ulardan biri ekrandan, boshqasi g‘ilof ko‘rinishidagi apparatdan iborat bo‘ladi. Bu qismda apparatni ishga tushirish uchun zarur komponentlar bo‘ladi. Kelib chiqadiki, bu devaysga shaffof ekran o‘rnatish nazarda tutilgan.

Aytish joizki, har ikkala korporatsiya ancha yillardan beri bunday innovatsion g‘oya ustida bosh qotirishmoqda va izlanishlar o‘tkazishmoqda. Bu texnologiya yangi avlod smartfonlarining kelajagi hisoblanadi.

Shaffof displeyli smartfonlardan maxsus ko‘zoynaklar orqali foydalanish mumkin. Foydalanuvchi smartfonni ko‘zoynakka taqadi hamda qo‘shimcha voqelik olamiga kiradi hamda smartfonga tegmasdan turib virtual tarmoqdan foydalanadi. Bu yo‘nalishdagi patent guvohnomalarining tobora ko‘payib borayotganini hisobga olsak, texnologiya yaqin yillarda taqdim qilinadi.