Apple va Samsung uddalay olmagan texnologiyani Vivo amalga oshirdi

Apple va Samsung uddalay olmagan texnologiyani Vivo amalga oshirdi

Xitoyning taniqli Weibo tarmog‘ida Vivo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan hamda barmoq izlari skaneri ekran ustidan joy olgan XPlay 7 smartfonining suratlari tarqalmoqda. Smartfon taqdimoti 2018 yilning bahorida bo‘lib o‘tadi.

2017 yilda ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar mazkur skanerni displey ustiga joylashtirishga urinib ko‘rdilar. Biroq, Samsung buni uddalay olmagan bo‘lsa, Apple ilg‘or flagmanini bu skanersiz ishlab chiqarmoqda.

5,5 dyuymli va 1440 x 2560 pikselli (475 ppi) Super AMOLED displeyga ega bo‘ladigan Vivo XPlay 7 barmoq izlari skaneri esa virtual ko‘rinishda va to‘liq ekrandan iborat old panel ekranidan joy olgan. Vivo mazkur texnologiyani MWC 2017 kongressida taqdim qilgan edi.

2 sim-kartali Xplay 7 smartfoni yilning kuchli -- Snapdragon 835 chipi, 8 GB tezkor va 128/256 GB doimiy xotiraga, Sony o‘z flagmanlariga ravo ko‘rgan ilg‘or IMX401 kamera modullariga ega bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Xususan, bugungi talabdan kelib chiqib, gadjetga 20 megapikselli old kamera o‘rnatilishi kutilmoqda.

Bluetooth v5.0, Wi-Fi 802.11, 4G LTE, 3G, 2G, 4500 mA soat batareya va boshqa innovatsiyalarga ega Xplay 7'ning Xitoyda 700 AQSh dollaridan sotilishi aytilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!