Apple yana bir pog‘ona pastladi: jahonning yangi II raqamli smartfonsozi bilan tanishing

Apple yana bir pog‘ona pastladi: jahonning yangi II raqamli smartfonsozi bilan tanishing

Marketing tadqiqotlarini olib boruvchi  Counterpoint kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, Huawei oxirgi ikki oyda smartfon ishlab chiqarishda Apple'ni ortda qoldirib, jahonning 2 raqamli brendiga aylandi. Xitoylik ishlab chiqaruvchi Counterpoint'ning natijalarini tasdiqlagan.

Izlanishlarda jahonning 40 mamlakatida sotiladigan 300 dan ziyod smartfon brendlarining savdo ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Unga ko‘ra, jahonning peshqadam smartfonsozi sifatida Samsung o‘z o‘rnida turibdi.

Counterpoint'ning tahlil bo‘limi boshlig‘i Piter Richardsonning fikricha, so‘nggi 3-4 yilda Huawei smartfon texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishga, shuningdek savdoni kengaytirishga katta sarmoya ajratishi evaziga sifatli va ilg‘or mobil aloqa vositalari ishlab chiqarmoqda. Bu esa o‘z navbatida savdo hajmini ko‘tarmoqda.

Piter Richardsonning so‘zlariga ko‘ra, yangi avlod iPhone qurilmasi taqdim qilingach, Apple reytingdagi o‘rnini yana mustahkamlashi mumkin. Huawei esa asosan Xitoy, Yevropa, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharqda o‘z bozorlariga ega.

Qolaversa, Huawei yaqinda e’lon qilgan  Kirin 970 chipi "sun’iy idrok" texnologiyasiga ega ilk mobil protsessor bo‘lib, 8 yadrodan iborat. Jihatlariga ko‘ra, bu chip ayni paytda yetakchi bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 835'dan qolishmaydi. Unga yordamchi sifatida 12 yadroli Mali-G72 MP12 yangi avlod video-kartasi ham tayyorlangan. Kompaniya bu yil  Kirin 970 chipiiga ega 40 million, jumladan Huawei Mate 10 va Huawei Mate 10 Pro kabi innovatsion smartfonlarni ishlab chiqarishna reja qilmoqda. Bu esa uning bozordagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.

Shuningdek, Huawei, Oppo, Vivo va Xiaomi brendlari ham ilg‘or va ehtiyojga xos smartfon ishlab chiqarishlari evaziga savdoda barqarorlikka erishmoqdalar va tobora ko‘proq smartfon sotmoqdalar.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!