“Aqlli” batareya, mashina va uy

“Aqlli” batareya, mashina va uy

TATU ikkinchi kurs talabasi Baxt Sadirboyev “aqlli” quyosh batareyasi yaratgan bo‘lib, u kun davomida quyoshning qaysi tomonda turishiga qarab holatini o‘zgartirib turadi. Agar oddiy batareya tabiiy energiya bilan sutkada to‘rt soat ulanadigan bo‘lsa, “aqlli” batareya o‘n soat davomida quyosh nurini qabul qiladi. Bu yangilik mutaxassislarda qiziqish uyg‘otdi va “Fizika-Quyosh” instituti bilan hamkorlik ehtimolini paydo qildi.

“Aqlli mashina” deb nomlangan yana bir yangi qurilma avtomobilga o‘rnatiladi. U yo‘ldagi kutilmagan to‘siqlar va ob’yektlardan haydovchini ogohlantiradi. Uning dasturiy ta’minotiga qo‘shimcha tariqasida ob’yektni aylanib o‘tish, tormoz berish, mashina tezligini avtomatik pasaytirish, ob-havoni hisobga olgan holda yo‘l holatini baholash kabi xizmatlar kiritilishi mumkin.

Shuningdek, yosh ixtirochi va kursdoshlari kiborg yaratishgan. Unda sun’iy intellekt mavjud bo‘lib, shaxmat o‘ynay oladi va odam singari fikrlaydi

Ixtirochilarning laboratoriya markazida aytib o‘tilishiga qaraganda, hozirda “aqlli” uy loyihasi ustida ishlashmoqda. Bunday uy yong‘in, suv toshishi, gaz sizishi, elektr tutashuvi singari kutilmagan vaziyatlarda falokatni o‘zi bartaraf etadi. Undan tashqari uy egasi oddiy mobil telefon yordamida uyini boshqarish imkoni yuzaga keladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!