Aqlli pampers, qog‘oz kamera va ulkan-Oktokopter

  •   Saroy
  •  1127
  •  09.06.2018 17:30

Aqlli pampers, qog‘oz kamera va ulkan-Oktokopter

Bugun Tayvanda IT sohasida yilning eng katta voqealaridan biri hisoblangan  Computex  2018 nihoyasiga yetmoqda. Ushbu xalqaro tadbirda elektronika sohasida dunyodagi yetakchi kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish qilmoqda. To‘g‘ri, eng so‘nggi texnologiyalar asosida yaratilgan eng ilg‘or kompyuterlar, smartfonlar va yangi ishlanmalar ishtirokchilarda nafaqat qiziqish uyg‘atdi, balki aqlini ham shoshirib qo‘ymoqda. Ayniqsa, ko‘plab  turli gadjetlar, maishiy maqsadda foydalanadigan ishlanmalar  hayratingizni oshirmasdan qo‘ymaydi.

Quyida mazkur tadbirda namoyish qilingan g‘alati qurilmalardan namunalar keltirdik.

Qog‘ozdan fotokamera

Qimmat fotoapparatlar odatda qolipda bir zumlik qotishmadan qilinadi, arzon “sovunlar” esa plastikdan. Lekin Tayvan orolida korpusi oddiy qog‘ozdan qilingan fotokamera ham sotiladi. Qurilmaning qalinligi atigi 12 mm. U  5 megapikselli matritsa bilan jihozlangan va hatto, ob’yektini ham almashtirsa bo‘ladi.  Bitta komplektida ikkita kamera bo‘ladi.

Optikasi juda kichkina, shunday ekan kameraga magnit yordamida muammosiz mahkamlash mumkin. Olingan rasmlar  microSD xotira kartasida saqlanadi, eng yuqori qo‘llab quvvatlovchi sig‘im  — 32 GB. Biroq o‘zining 2 GB li kartasi ham yetib ortadi, chunki unga kamida 800 ta foto sig‘adi.

O‘ylashingiz mumkin, «kim uni sotib olardi, hech kimga bunday matoh kerak bo‘lmaydi!», va to‘g‘ri aytgan bo‘lasiz. Biroq qog‘oz kamera chiqarish bilan shug‘ullanayotgan Papershoot kompaniyasi mana to‘rt yildirki, (2014-yildan buyon) faoliyat yuritib keladi va ahvoli yomon emas, hatto, Taybey shahri markazida  turli noodatiy gadjetlar, aksessuarlar bilan savdo qiladigan  o‘z do‘koni ham bor.

Uzuk-garnitura

“Aqlli” uzuklar ishlab chiqarayotgan kompaniyalarning birortasi ham haqiqiy ma’noda kerakli gadjetni haligacha yasay olgani yo‘q, ya’ni ish elektron qulflarni ochgich, metroga kirish nfc’ ga o‘xshash qurilmalardan nariga o‘tgan emas. Nihoyat mana Orii kompaniyasi ko‘rgazmaga suyakdan uzatuvchi tamoyilida ishlaydigan uzuk-garniturani namoyish qilishdi. Qurilmani barmoqdan o‘tkazib, keyin quloq ichiga o‘rnatamiz, bosamiz va quloqning eshitish yo‘lagini yopamiz.

Mu’jiza keyin boshlanadi: gapirganda atrof shovqin bo‘lganda ham  eshitiladi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, gadjet Siri va Google Now juftligida juda yaxshi ishlaydi va ovozli buyruqlarni tanib oladi. Faqat yon atrofdan qaraganda uzukdan foydalanayotgan kishi ko‘zimizga g‘alati tuyulishi turgan gap.

Aqlli pampers

Tayvanliklar juda amalyotchi bo‘ladi va bolalarni jondan ortiq yaxshi ko‘radi. Opro9 deb nom berilgan gadjet bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ushbu buyumni mualliflari gudakning nozik joyiga, ya’ni tagligiga mahkamlashni maslahat beradi.  Gadjetning ichida bir nechta tugmachalar bor va ular pampersni almashtirish vaqti kelganini bildirib smartfonga xabar jo‘natadi.

Bu nima uchun kerak? Birinchidan, gudakning tagi xuddi reklamalardagidek toza qa quruq bo‘ladi va foydasiz bo‘lgan suyuqlik bilan uzoq vaqt yurmaydi, ikkinchidan bolaning necha marotaba  hojatga chiqishi haqida ma’lumot to‘playdi, natijada biroz vaqt o‘tgandan keyin hojatga borish vaqtini bashorat qilishni o‘rganasiz hamda bolani ham taglikdan asta-sekin xalos  etib borasiz. Va nihoyat, Opro9 gudakning ota yoki onasiga bola uzoqqa emaklab ketgani va o‘zini qanday his qilayotganini bilish vaqti kelgani haqda xabar jo‘natishni biladi. Xullas, juda kerakli qurilma va juda arzon.

Kubik o‘ynayotgan robot

Bu robot o‘tgan yili ham namoyish etilgandi. O‘shanda u ko‘rgazma ishtirokchilari bilan shaxmat o‘ynagandi. Bu yil esa qalbsiz temir maxsus maydonda kubiklardan so‘z yasaydigan bo‘libdi.

Bu shunday intellektual o‘yinki — robotning boshiga uchta kamera o‘rnatilgan. Ular maydondagi ob’yektlarni kuzatadi, qo‘l-manipulyatori esa, narsani  juda aniq va tez keltiradi.

Umuman olganda, ushbu eksponatdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ya’ni oldinga surilayotgan g‘oya – bu sanoat manipulyatorlari sohasida taraqqiyot qanchalik ilgarilab ketganini namoyish qilishdir. Aynan ushbu robot qo‘llar  vaqti kelib konveyerli ishlab chiqarishda  odamlarning o‘rnini bosadi, hatto tibbiy jarrohlik amaliyotini ham bajarsa ajab emas.

Aqlli sanagichlar

Dunyodagi eng qadimiy dinning yuqori texnologiya bilan qanday aloqasi bor bo‘lishi mumkin? Ma’lum bo‘lishicha, bor ekan. Acer kompaniyasi buddachilar uchun aqlli sanagichlarni ishlab chiqarmoqda. Tashqi ko‘rinishidan u 14 ta dumaloq soqqalardan iborat yog‘och bilakuzukka o‘xshaydi. Ichida joylashtirilgan datchiklar aytilgan soqqalarning sonini hisoblaydi va ma’lumotlarni smartfonning maxsus ilovasiga jo‘natadi. 

Acer’ning keyingi rejasi gadjetning imkoniyatlarini yanada oshirish. Masalan, diniy do‘konlarda simsiz to‘lovlarni amalga oshirish.

Qush boquvchilari uchun Bluetooth-kolonka

Simsiz kolonkalar shunchalik ko‘payib ketgangki, ulardan yana birorta yangilik bo‘lishi mumkinligiga o‘zingizni ishontira olmaysiz ham. Ular tashqi tomondan qaraganda, barchasi qariyb, bir xil. Lekin tayvanliklar shuni ham anchayin takomillashtirgani ko‘rinib turibdi. Masalan: qafasda turgan qush shaklidagi bluetooth-spiker, yorug‘lik chirog‘i bilan  qo‘sh dinamika.

Biroz siyqasi chiqqan ko‘rinadi, lekin baribir yoqimli.

Qurilma Daqi Concept kompaniyasi tomonidan tayyorlanayapti va qushchaning nomi JinGoo deb ataladi.

Ulkan-Oktokopter

Kimdir kaftga sig‘adigan jajjigina va chaqqongina dronlar yasaydi, kimlardir buning aksi ularoq, ulkan superkopterlar bilan shug‘ullanadi.   Ko‘rgazmada ulkan radioboshqaruv dron qurilmasi namoyish qilindi. Uning aylanasi ikkita odamning bo‘yicha keladi.

Bu qurilma o‘zida 50 kilogramlik yukni ko‘tarib yura oladi va soniyada 50 metrgacha tezlik oladi. Ko‘rinib turibdiki, apparat o‘simliklarni changlatish va hosilni oshirish yo‘lida zararkunandalarga qarshi dori sapish ishlariga mo‘ljallangan.