Aqlli telefonlar: sun’iy ong cho‘ntagimizda

  •   Saroy
  •  1256
  •  23.06.2018 17:32

Aqlli telefonlar: sun’iy  ong cho‘ntagimizda

Sun’iy ong allaqachon mashinani boshqarmoqda, Google va  Tesla’ning haydovchisiz avtomobillari bunga misol. Mutaxassislarning mutloq ko‘pchiligi kelajak haydovchisiz avtomobillarniki, degan fikrga kelib bo‘lishdi. Bundan tashqari, sun’iy ong qo‘riqlash tizimida foydalanilmoqda: masalan, banklarga o‘rnatilgan “aqlli” kameralar ketma-ket olib borilgan mashqlardan natijasida, mijozlar orasida o‘zini shubhali  tutayotgan shaxslarni tezda tanib oladigan va qo‘riqlash xizmatiga xabar yuboradigan bo‘ldi. Agar ushbu tizim yanada mukammal darajaga yetkazilsa, o‘g‘rilar uchun bankni o‘marish behuda urinishga aylanadi.

Elektron «jurnalist»lar axborot ma’lumotlari bazasiga asoslanib,  sanoqli daqiqalarda maqolani shunday tayyorlaydiki, uni hatto, eng tajribali muharrir maqolasidan ham ajrata olmaysiz. Ustiga-ustak, mutlaqo xato qilmaydi. To‘g‘ri, ehtimol sun’iy intellektning lug‘at boyligi unchalik katta emasdir, ijodiy yondashish bo‘yicha ham tirik raqibiga teng kelolmas, lekin u hayratlanarli darajada tez o‘rganmoqda. Yaqin orada qalamkash do‘stlarimiz o‘z joyini sun’iy intellektga bo‘shatib bersa ajab emas. Xullas, yaqin yillarda sun’iy intellekt kirib bormagan sohani topish mushkul bo‘lib qoladi.

«Aqlli smartfonlar» nima degani?

«Smartphone» ingliz tilidan tarjima qilinganda «aqlli telefon» degani. Biroq hozirgi gadjetlar rivojiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,  «aqlli» telefon bilan  «intellektual» telefon orasida yer bilan osmoncha farq bor. Bugungi kunda ushbu sohada insonni hayratlantiradigan daraja o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, ta’bir joiz bo‘lsa, inqilobiy evrilishlar ro‘y bermoqda.

Xo‘sh, smartfon bilan intellektual qurilma orasidagi inqilobiy farq nimalardan iborat bo‘lmoqda? Farq shuki, zamonaviy gadjetlar buyrug‘ingizni shunchaki, endi ko‘r-ko‘rona bajarmaydi, balki...

Sun’iy ong ma’lum vazifalarni hal qilishda avval-boshdan sizga yordam beradi, ya’ni  aniq bir vazifani emas, balki butun boshli strategiyani taqdim etadi. Har bir alohida muammoga o‘ziga xos algoritm tanlayli. U qul ham emas, xizmatchi ham emas, u sizga haqiqiy hamkor.

Borgan sari ko‘pchillik gadjetlarga sun’iy ong opsiya tarzida emas, balki asos sifatida joriy etilmoqda. Qolgan barcha tizim funksiyalari shu asosga tayanadi. Jadal taraqqiy etayotgan sun’iy ong bazasida yangi avlod flagmanlari yaratilmoqda. Aynan, «elektron miya» tufayli smartfonning foydalanish imkoniyatlari to‘laligicha ochilmoqda. Buning qanday ishlashini LG G7 ThinQ smartfoni tizimi misolida ko‘rsatishga urinib ko‘ramiz.

Sun’iy ong xuddi ustalarga o‘xshab rasmga oladi

Sun’iy ong sizga haqiqiy fotorassom bo‘lishingizga yordam beradi: U juda aniq va tiniq peyzaj yarata oladi, tabiiy ko‘rinishli selfi oladi, portret rejimida ham rasmga oladi. Foydalanuvchilar o‘zlarining fotografiyalarini tahrir qilishi, sun’iy ong taklif etgan qulay tozalash orqali yaxshilashi mumkin.

Tizim ob’yekt yoki ko‘rinishni avvaldan identifikatsiya qiladi va natijadan kelib chiqib, qayta ishlash variantini taklif etadi. Gap niqobni mexanik usulda yopish emas, balki mashhur Prisma ilovasi uslubida tasvirni jiddiy o‘zgartirish haqida ketmoqda.

Bu sizga odatdagi «selfi» emas, balki u aniq fanga va haqiqiy san’atga tayanadi.

Ushbu LG G7 ThinQ’da Super Bright Camera rejimida nazorat qiladigan sun’iy ong, suratni odatdagi fotografiyalarga nisbatan to‘rt barobar yorqinroq oladi. Sinsor va dasturiy qayta ishlov berishning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi tufayli, sun’iy ong past yorug‘lik sharoitida ham kamerani avtomatik ravishda to‘g‘rilaydi. Har bir rasm uchun alohida rang palitrasini va formatini, optimal yorug‘lik balansini hamda aniqlikni o‘zi tanlaydi.

Suniy ongning eng muhim funksiyalaridan yana bittasi, bu rasmlarga ishlov berish, ya’ni portret rejimi. Ushbu rejim tufayli fotasuratlarni professional darajada tayyorlay olish mumkin (ushbu mashhur usul «boke effekti» (yaponchadan  — «tushinarsiz, aniq emas»), deb ham ataladi. Shuningdek, sun’iy ong yuzni tanish uchun qo‘llanilmoqda, so‘ngra smartfon sohibi niqob yaratish uchun stikerlardan foydalanishi mumkin, hatto animodzi yoki animallashtirilgan avatarklarni ham qo‘llaydi.

Taraqqiy etgan intellekt — har qanday vaziyatda sizga yaqin yordamchi

Yangi sun’iy intellekt va kompyuter nigohi  texnologiyasi tufayli Google Lens yordamida qidiruvning ilg‘or  algoritmi qo‘llanilmoqda.  Google Assistant va Google Photos’da  qo‘llasa bo‘ladigan ushbu opsiya turli ob’yektlar, chiroyli joylar, o‘simliklar, hayvonat olami, kitoblar haqida ko‘plab ma’lumotlar berishi mumkin.

Bundan tashqari, smartfon veb-saytlarga kirayotganda matnlarni identifikatsiyalashtiradi,  tashrif qog‘ozlar va aloqalarni qo‘shish uchun ma’lumotlarni aniqlaydi va o‘qiydi, voqealarni taqvimga kiritadi yoki restoranlardan zarur taomni qidiradi.

Bir so‘z bilan aytganda, endi har bir smartfon  foydalanuvchisining cho‘ntagida shaxsiy itellektual yordamchi paydo bo‘ldi. U vizual ob’yektlar bilan ishlash usullarini to‘la o‘zlashtirib olgan.

Zamonaviy smartfondagi sun’iy intellekt opsiyasini ishga tushirish uchun alohida tugmacha ko‘zda tutilgan. Ushbu tugmani bir marta bossangiz Google Assistant’ni qo‘shadi, ikki marta tez-tez bossangiz   Google Lens qo‘shiladi.  Google Assistant bilan gaplashmoqchi bo‘lsangiz tugmani bosib turish kerak, suhbatni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz tugma shunchaki qo‘yib yuboriladi.
Shu bilan birga, Google Assistant besh metrgacha buyruq ovozini turli shovqin fonidan, hatto televizor yoki chang yutgich ovozi orasidan ham  ajrata oladi. Smartfon sun’iy ong fugksiyasi o‘rnatilgan aqlli kolonka o‘rnini ham bosadi.

Aqlli smartfon — aqlli uy

Zamonaviy smartfonlar foydalanuvchiga qurilma bilan maishiy texnikalarning o‘zaro hamjihatlikda harakat qilish imkoniyati ham tubdan yaxshiladi. Endi smartfon orqali maishiy texnikalarga buyruq berishingiz mumkin, hatto tovush yordamida ham. Bir so‘z bilan aytganda, smartfoningiz aqlli uyingizning «miyasi» va «yuragi»ga aylandi. Endi foydalanuvchi smartfonda ishlayotgan sun’iy ongni nafaqat smartfonning bir funksiyasi deb tushunadi, balki hayotining ajralmas bir qismi ekanini anglaydi.

Xullasy. sun’iy ong dunyoni egallab bo‘ldi, lekin bu iborani hozircha faqat  yaxshi ma’noda qabul qilaylik.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!