AQSh harbiy sun’iy yo‘ldoshlari tizimini havaskor xakerlar ham buza oladi

  •   DiMaX
  •  1872
  •  05.02.2018 10:51

AQSh harbiy sun’iy yo‘ldoshlari tizimini havaskor xakerlar ham buza oladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari kosmik makondagi kiberxavfsizlik sohasida Rossiya va Xitoydan juda orqada qolmoqda. Buni AQSh Mudofaa vazirligi vakillari e’tirof etishgan, deb yozadi SecurityLab sayti.

O‘QING: Tesla rahbari Ilon Mask Marsga doimiy parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi (Video)

AQShning harbiy maqsadlarda qo‘llayotgan sun’iy yo‘ldoshlarini nafaqat Rossiya va Xitoy kabi fazoviy derjavalar, balki oddiygina havaskor xakerlar ham buzib kira oladilar. Buni AQSh Harbiy havo kuchlari shtab boshqarmalari birlashgan qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Pol Selva tan olib e’tirof etgan.

«Kosmos – haqiqiy ochiq makon. Agarda qo‘l ostingizda o‘z teleskopiga ega bo‘lgan yetarlicha ishqibozlar bo‘lsa, Yer orbitasiga yaqin uchayotgan barcha yo‘ldoshlarni aniqlay olasiz. Bu ishqibozlarning qayerlarda joylashganligini bilsangiz, ularning GPS-koordinatalarini aniq qayd eta olasiz. Keyin esa, sizni qiziqtirayotgan fazoviy ob’yektni ularning qay biri qaysi vaqtda ko‘rganini solishtirib, bu ob’yektning harakatlarini kuzatish imkoniga ega bo‘lasiz. Shu tariqa, nishonlarni aniqlash uchun tayyor tizim yuzaga keladi», – deydi Pol Selva.

O‘QING: Xakerlar tarixdagi eng yirik o‘g‘irlikni sodir etishdi

Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligi vakillarining ma’lum qilishicha, Rossiya hamda Xitoy mutaxassislari hozirda signal shovqinlari generatorlari hamda signallarni «ilib oluvchi» moslamalar yaratish ustida ishlashmoqda. Ular esa Amerika sun’iy yo‘ldoshlarining faoliyatini izdan chiqarishga imkon beradi. Shuningdek, bu ikki mamlakat «o‘ta aniq radar tizimlariga hamda kosmik jismlarni yuqori aniqlikda kuzatish tizimlariga» ega, deydi P.Selva.

O‘QING: «Oq xakerlik»ni o‘rganish uchun 6 ta eng yaxshi resurs

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!