AQSh orbitadagi fazoviy chiqindi miqdorini aniqladi

  •   DiMaX
  •  1163
  •  01.05.2017 16:01

AQSh orbitadagi fazoviy chiqindi miqdorini aniqladi

Oxirgi 25 yil mobaynida Yer orbitasida fazoviy chiqindilar hajmi geometrik progress tarzida o‘sib borayotir va bu borada ahvol tobora og‘irlashaveradi. Ayrim ekspertlarning ta’kidlashicha, bu ketishda xavfli Kessler effekti haqiqatga aylanadi, deya xabar bermoqda Space.com.

Kessler effekti mohiyati shundan iboratki, ko‘p sonli sun’iy yo‘ldoshlar uchirishlardan keyin fazoviy chiqindilar qolishi yaqin fazo makonini amalda foydalanish uchun butkul yaroqsiz holga olib keladi.

Amerikalik olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Yer yaqinidagi orbitada hajmi 10 santimetrdan yirik bo‘lgan 18 000 ga yaqin turli ob’yektlar uchib yuribdi. Ulardan 1200 tasigina ekspluatatsiyadagi shikastlanmagan yo‘ldoshlar hisoblanadi. Shuningdek, orbitada yana kattaligi 1 sm atrofidagi 750 000 tacha hamda 1 millimetrdan kichkina bo‘lgan 150 millionga yaqin «uchuvchi o‘q» deb ataluvchi jismlar bor.

Fazoviy faoliyatga bag‘ishlangan xalqaro hujjatlarda belgilab qo‘yilishicha, kosmosga biror nima uchirgan operatorlar fazoviy kema missiyasi tugallanganidan keyingi 25 yil mobaynida uni Yer yaqinidagi orbitadan olib tashlashlari lozim. Lekin amalda 60 foiz holatdagina buni qilishmoqda.