AQSh politsiyasi ongni o‘quvchi implantatni rivojlantiradi

AQSh politsiyasi ongni o‘quvchi implantatni rivojlantiradi

AQShning Istiqbolli mudofaa tadqiqotlari loyihalari agentligi odam miyasini kompyuter bilan bog‘laydigan interfeys yaratish yuzasidan tashabbusni e’lon qildi.

Asab tizimi tuzilmasi deb nom olgan mazkur dastur inson miyasidagi elektrokimyoviy signallarni kompyuter tushunadigan tilga tarjima qilib beradigan bir kub santimetrdan katta bo‘lmagan hajmdagi implantatni yaratishni maqsad qilgan.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ayni kungacha inson boshida sinab ko‘rilishi uchun 100 tadan ziyod asab kanallarini o‘qiy oladigan aloqa tizimi yaratilgan. Ularning har biri o‘n-yuz minglab asab hujayralarining xabarlarini o‘qiy oladi. Ammo bu unchalik yuqori natija emas. Boisi miyadagi ma’lumotlar kompyuterga aniq-tiniq yetib kelishi uchun har bir kanal millionta nerv hujayrasini o‘qiy olishi kerak.

Bu dasturdan mudofaa tizimida askarlarni nazorat qilish va boshqa – xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq maqsadlarda foydalanish ko‘zda tutilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.