AQSh Qurolli kuchlar safini geymerlar hisobiga to‘ldirmoqchi

  •   DiMaX
  •  1298
  •  26.09.2018 17:35

AQSh Qurolli kuchlar safini geymerlar hisobiga to‘ldirmoqchi

Amerika Qo‘shma Shtatlari bu yilda o‘z saflarini to‘ldirishga qiynalmoqda. Mazkur muammoning yechimi sifatida esa OAV va ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek o‘yinlar industriyasida reklama kampaniyasini boshlamoqchi.

O‘QING: Hazil emas: AQSh armiyasi urushda shilliqqurtdan foydalanmoqchi

Xabarlarga ko‘ra, armiya saflariga yoshlarni aynan kibersport tadbirlari ishtirokchilari orasidan izlashmoqchi. Jumladan, shuterlar ishqibozlari Counter-Strike musobaqalaridayoq qurolli kuchlar saflariga yozilishlari mumkin bo‘ladi.

Shu kunlarda AQSh armiyasi vakillarining e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra, qurolli kuchlar safining to‘ldirilishi bu yil rekord darajada tushib ketgan. Keyingi 13 yil davomida ilk bora askar yollash rejasi bajarilmagan. Shu bois ham Facebook, Twitter, Instagram, Twitch va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda hamda o‘yinlarda reklama berish orqali saflarni to‘ldirishga harakat qilishmoqda. Askarlar o‘yin musobaqalarida va ko‘rgazmalarda rasmiy kiyim-boshlari bilan ishtirok etishadi – bu ham yoshlarni armiyaga yozilishga undaydi.

O‘QING: Kim birinchi boshlaydi? Rossiya, AQSh yoki Xitoy

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!