AQSh senatori smartfon-qurol Amerikaga musibat keltirishini aytdi

AQSh senatori smartfon-qurol Amerikaga musibat keltirishini aytdi

Joriy yilning mart oyida Amerikaning Ideal Conceal texnik qurilmalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyasi 380 kalibrli smartfon-qurolning loyihasi taqdim etgan edi.

Kompaniya ushbu qurolni ishlab chiqarish uchun patent ham olishga ulgurgan va qurolning ilk namunasini may oyida namoyish qiladi. Qurolning yoz faslidan boshlab sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Amerikalik senator Charlz Shumer yaqin orada sotuvga chiqariladigan “Niqoblangan smarfton”ning ishlab chiqarilishiga jim qarab turish amerikaliklar uchun katta musibatlarni olib kelishi mumkinligini aytmoqda.

Smartfon-qurol ishlab chiqaruvchisining rasmiy veb-saytida esa “Hammayoqda smarftonlarning borligi sizning yangi smartfoningizning har qanday muhitga osonlik bilan singib ketishini ta’minlaydi” degan chaqiriqni ko‘rish mumkin.

395 AQSh dollaridan sotish ko‘zda tutilayotgan “Niqoblangan smarfton”ning “yuqori tezkorlik va takomillashgan aniqlik” deb boshlanuvchi shiori va targ‘ibot ishlari jamoatchilikda unga nisbatan yuqori qiziqishni uyg‘otmoqda.

Senatorning aytishicha, bu kabi sovuq qurol jinoyat ishlaridagi chigalliklarni yanada murakkablashtirib, politsiyaning chalg‘ishiga sabab bo‘ladi.

“Qurolga juda o‘xshash o‘yinchoqlarning sotilishi mantiq va tarbiya nuqtai nazaridan qanchalar noto‘g‘ri bo‘lsa, o‘yinchoqqa o‘xshash qurolning sotilishi ham xuddi shu kabi kaltabinlikdir,” deydi senator.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!