AQSh sobiq agenti Twitter'ni sotib olmoqchi: maqsadi esa hayratomuz

AQSh sobiq agenti Twitter'ni sotib olmoqchi: maqsadi esa hayratomuz

Twitter tarmog‘i taniqli shaxslar va davlat arboblarining fikr-mulohazalari uchun global platformadir. Jumladan, AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp taniqli shaxs, kino va musiqa olamidagi mashhur san’atkorlarga, jurnalistlarga qaratilgan, shuningdek urush qo‘zg‘ash mazmunidagi tahdidli tvitlari bilan yaxshi tanilgan.      

Yaqindagina biz janob Tampning birgina so‘zi bilan Amazon katta miqdordagi zrara ko‘rgani haqida xabar bergan edik. Davlat rahbarining Twitter tarmog‘idagi chiqishlari ko‘pchilikning jig‘iga tegayotgan ko‘rinadi.

AQShning GoFundMe platformasida boshlangan yangi kampaniya Twitter'ni sotib olib, undagi Donald Trampning sahifasini yopib tashlashni maqsad qilgan. Barcha xohlovchilardan buning uchun ochilgan hisob raqamiga pul o‘tkazishi mumkin.

Bu kampaniya boshida AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq agenti  Valeri Pleym turibdi. Hozircha u 13 ming AQSh dollari to‘plashga erishgan. Valerining aytishicha, loyihadan 1 mlrd dollar to‘plashga umid qilyapti.

"Donald Tramp Twitter'ni o‘zining quroliga aylantirdi. Global platformadagi uning birgina fikri xalqaro munosabatlar va moliyaviy holatga jiddiy zarar yetkazmoqda. Kimdir uni to‘xtatib qolishi kerak", deydi sobiq razvedkachi.

Eslatib o‘tamiz, jahonning eng yirik ijtimoiy tarmoqlaridan bo‘lgan Twitter’ning hozirgi qiymati $12 mlrd dollarni tashkil qiladi.