AQSh taqiqni bekor qildi: ZTE omon qoladigan bo‘ldi

  •   Saroy
  •  770
  •  04.07.2018 17:06

AQSh taqiqni bekor qildi: ZTE omon qoladigan bo‘ldi

AQSh savdo vazirligi ZTE kompaniyasiga qo‘yilgan taqiqni vaqtinchalik bekor qildi. Mana uch oy bo‘ldiki, kompaniya AQSh bozorida o‘zining mobil qurilmalari va kommunikatsiya texnikalarini sota olmayotgandi. Endi u avval sotilgan qurilmalarini qo‘llab-quvvatlashi va smartfon uchun yangilanishlarni chiqarishi mumkin.

ZTE'ning AQSh bozoridagi faoliyatiga qo‘yilgan taqiq 1 avgustgacha bekor qilindi, keyin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Hozircha esa kompaniya qo‘llab quvvatlash va telekommunikatsiya jihozlarini ta’mirlash hamda yangi dasturlar ishlab chiqish, qolaversa  smartfonlar uchun xavfsizlik patchini yangilash mkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Ko‘rinib turibdiki, kompaniya hozircha AQSh bozorida faqat qisman faoliyat ko‘rsatishi mumkin. ZTE  faqat o‘zining avval sotgan mahsulotiga xizmat ko‘rsata oladi,  AQSh  bozariga qandaydir yangi mahsulot olib kira olmaydi. Agar kompaniya AQSh hukumati bilan kelishuv shartlariga to‘liq amal qilsa, taqiq butunlay bekor qilinishi ham mumkin, deb xabar beradi Bloomberg. Shunday qilib brend qariyb qutqarib qolindi.

O‘QING:ZTE'ning taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda: AQSh Senati sanksiyani qayta boshlash tarafdori

Shu yilning aprel oyida AQSh kompaniyalarining ZTE kompaniyasiga o‘z texnikasi va texnologiyalarini sotishi bo‘yicha 7 yillik taqiq qo‘yilgan edi. Chunki   ZTE xalqaro sanksiyaga qaramay Eron va Shimoliy Koreya bilan savdo aloqalarini davom ettirgan. AQSh hukumati bilan Xitoy o‘rtasida taqiqni bekor qilish shartlari bo‘yicha muzokaralar uzoq vaqt davom etdi. Ikki tomonlama tuzilgan kelishuv shartlarining orasida katta jarima puli to‘lash hamda kompaniya rahbariyatini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘limlar ham aks etgan. Xitoy  esa AQSh uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga belgilangan tarifni pasaytirishga va’da berdi.

O‘QING:Nokautmi, nokdaunmi? ZTE’ning ahvoli haqida

Hatto, prezident Tramp ham ushbu mojaroga alohida e’tibor qaratdi va ZTE’ni qutqarib qolishda shaxsan ishtirok etishga va’da berdi. Ko‘rinib turibdiki, jarayon ZTE uchun ijobiy tomonga o‘zgargan.