AQShda lazer quroli yaratildi

AQShda lazer quroli yaratildi

AQShning Lockheed Martin kompaniyasining ma’lum qilishicha, harbiy harakatlar chog‘ida asqotadigan lazer quroli yaratildi. Loyiha mualliflarining xabarlariga ko‘ra, lazer qurolini istalgan baza—kema, quruqlikdagi transport vositalari, havo platformasi—ga o‘rnatish mumkin. Bu xususida Defence News resursi xabar tarqatdi.

Kompaniya top-menejerlaridan biri Pol Shettakning qayd etishicha, lazer qurollarini jangda qo‘llash texnologiyasi hozir amalda mavjud.  Faqat uning o‘lchamlari, darajasi va xavsizlik masalasi borasidagi o‘rinlarni takomiliga yetkazish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Shettak lazer texnologiyalarini qurolli kuchlarga joriy qilish muddati qabul qilganini ham yashirmadi. Uning hamkasbi Daniel Millerning qo‘shimcha qilishicha, tadqiqotlar uni yaratish bosqichidan o‘tib bo‘lgan. Hozirda asosiy  maqsad—yangi texnologiyalarni amaliyotda qo‘llashning yangi usullarini ishlab chiqish.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.