AQShda samolyotga Samsung Galaxy Note 7 olib chiqqan yo‘lovchilar yirik jarimaga tortiladi

AQShda samolyotga Samsung Galaxy Note 7 olib chiqqan yo‘lovchilar yirik jarimaga tortiladi

AQSh Federal aviatsiya ma’muriyati o‘tgan haftada yo‘lovchilarga samolyotlarga Galaxy Note 7 modelini olib chiqishni taqiqlagan edi.

Federal aviatsiya ma’muriyatining chiqargan maxsus buyrug‘iga binoan, 15 oktyabr sanasidan AQShda samolyotlarga Galaxy Note 7 modelini olib chiqish rasman taqiqlangani e’lon qilindi. Yangi buyruqqa asosan yo‘lovchilarga ko‘l yuki yoki boshqa bagaj yuklarida mazkur modelni qo‘chirish cheklab qo‘yildi. Agar kimdir mazkur buyruqdan bexabar smartfonni samolyotga olib chiqqan bo‘lsa, ulardan darhol qurilmani o‘chirish talab etilgan.  Bu haqda ommabop The Verge nashri ma’muriyat hujjatlariga tayanib xabar berdi.

Mazkur qoidani buzgan holda samolyotga Galaxy Note 7 smartfoni bilan chiqqan va undan foydalangan shaxslarga nisbatan 179, 933 AQSh dolllarigacha bo‘lgan jarima solinadi. Agar bu holat bir necha marta takroran qaytarilsa, bunday qoidabuzarlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 11 oktyabr kuni Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 modelini ishlab chiqarishni rasman to‘xtatgani haqida xabar bergan edi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!