AQShda sotilgan arzon Android smartfonlar shaxsiy ma’lumotlarni Xitoyga jo‘natib turgan

AQShda sotilgan arzon Android smartfonlar shaxsiy ma’lumotlarni Xitoyga jo‘natib turgan

Tech Crunch saytining axborot xavfsizligiga ixtisoslashgan Kryptowire firmasiga tayanib ma’lum qilishicha, AQSh hududida sotilgan Blu markasidagi ba’zi arzon Android smartfonlar foydalanuvchilarga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni maxfiy tarzda Xitoydagi axborot to‘plash markaziga yuborib turgan. Xitoyning Blu brendi AQShda ochiq bozorga mo‘ljallangan arzon modellar sotish bo‘yicha yetakchilik qiladi. Smartfonga o‘rnatilgan maxsus ilova bir qator formatdagi ma’lumotlar, jumladan, matnli xabarlar, qo‘ng‘iroqlar jurnali va kontaktlar to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ib, ularni Xitoydagi serverlarga yuborgan.

Bunday muammo Blu R1 HD, Energy X Plus 2, Studio Touch, Advance 4.0 L2, Neo XL va Energy Diamond kabi modellarda aniqlangan. Smartfonlardan yuborilgan ma’lumotlarni qabul qilgan Xitoyning Adups kompaniyasining ma’lum qilishicha, Kryptowire ular bilan bog‘lanib muammo to‘g‘risida xabar bergach, serverdagi barcha foydalanuvchilarga tegishli axborotlar o‘chirib tashlangan. Blu o‘z navbatida dasturdagi ushbu “nosozlik”ni bartaraf etgani haqida bayonot berdi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!