AQShning AT&T operatori 2G tarmog‘i bilan xayrlashdi

AQShning AT&T operatori 2G tarmog‘i bilan xayrlashdi

AQShning eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri bo‘lgan AT&T kompaniyasi 2017 yilning 1 yanvar sanasidan boshlab rasman 2G standartidagi tarmoqni yopganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda 3D News sayti. Ushbu sanadan e’tiboran 2G tarmog‘i bilan bog‘liq barcha xizmatlar to‘xtatilgan.

Mazkur tarmoqdan voz kechish haqida AT&T bundan to‘rt yilcha oldin ma’lum qilgan edi. Bunday qilishdan ko‘zlangan maqsad, mobil internetga bo‘lgan yuqori talabni qondirish va yanada ilg‘or standartlarlar uchun (4G/LTE, kelgusida 5G) kanallarni bo‘shatishdan iborat.

Ushbu yanlilikdan keyin faqat 2G aloqani qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalardan foydalanadigan AT&T abonentlari qo‘ng‘iroqni amalga oshira olmaydilar. Endilikda operator tarmog‘idan foydalanish uchun kamida 3G WCDMA (UMTS) HSPA 850/1900 MGs standartida ishlaydigan gadjetga ega bo‘lish kerak.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.