Archos 50 Saphir – erkak smartfon

Archos 50 Saphir – erkak smartfon

O‘tgan hafta Fransiyaning Archos kompaniyasi bir qator smartfonlarni taqdim qildi. Smartfonlarning barchasi, shuningdek, sentyabr oyida o‘tkaziladigan  IFA 2016 ko‘rgazmasida ham namoyish etiladi. Kompaniya e’lon qilgan gadjetlar orasida baquvvat, suvga chidamli Archos 50 Saphir modeli ko‘pchilikning diqqatini tortdi.

Model “erkakcha” ko‘rinishga ega, uning korpusi IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan (1 metrgacha bo‘lgan suvda 30 daqiqa qolishi mumkin). Biroq, smartfon qanchalik chayir ko‘rinmasin, uni faqat 1 metrgacha bo‘lgan balandlikdan tushirish mumkin.

Smartfon stok versiyaga yaqin Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi, akkumulyator sig‘imi – 5000 mA/soat. Bunday yirik batareyali smartfonni ikki kunda bir zaryadlasa ham bo‘laveradi.

Model piksel sig‘imi 720r bo‘lgan 5 dyuymli  IPS ekran, to‘rt yadroli MediaTek MTK6737 protsessori (1,5 GGs), 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari, smartfon LTE tarmoq va ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera – 16 MP, old kamera esa – 5 MP.

Archos kompaniyasining ma’lumot berishicha, telefonni oktyabr oyidan boshlab 199 yevro evaziga Yevropa mamlakatlarida xarid qilish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.