Arizonalik xaker iOS’dagi zaiflik sabab AQSh qutqaruv xizmatining ishini izdan chiqardi

Arizonalik xaker iOS’dagi zaiflik sabab AQSh qutqaruv xizmatining ishini izdan chiqardi

Tjournal saytining yozishicha, AQShning Arizona shtatida istiqomat qiluvchi 18 yoshli xaker Mit Desay mamlakat qutqaruv xizmatiga tegishli bir nechta kol-sentrlar ishini izdan chiqishiga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yosh xaker iOS dasturidagi himoya bo‘shlig‘i kodlarini tarmoqda ulashganda keyin ro‘y bergan. Bundan foydalangan boshqa xakerlar mazkur kod yordamida iOS dasturida ishlaydigan qurilmalarni masofadan 911 raqamiga (AQSh qutqaruv xizmati qisqa raqami) qo‘ng‘iroq qilishga majburlaganlar.

Aslida Mit Desay mazkur kodni iOS dasturidagi himoya bo‘shlig‘i naqadar muhimligini Apple’ga bildirish va undan aniqlangan eksployt uchun mukofot puli olish maqsadida tarmoqqa joylagan. Birozdan keyin esa mamlakat qutqaruv xizmatiga kol-sentrlariga daqiqasiga yuzlab soxta qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilishni boshlagan.

Politsiya qo‘ng‘iroqlar kelgan serverni tezda aniqlab, Desayni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Desay Tvitter va YouTube videoxostingiga joylagan barcha kodlarini o‘chirib yubordi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!