Redmi Note 5 Pro'ga qarshi "arzon Huawei P20 Lite" taqdim qilindi

Redmi Note 5 Pro'ga qarshi

Kecha, Huawei kompaniyasi Honor Play bilan birga, yana bir o‘ziga xos hamyonbop smartfonni taqdim etdi. Honor 9i deb nom olgan bu devays tashqi ko‘rinishidan Huawei P20 Lite modeliga juda o‘xshab ketadi.

Shu bilan birga, o‘zgarishlar bor — yangi gadjet 5,85 dyuymli displeyga ega bo‘lgan. Ekranning piksellar sig‘imi 2280 x 1080 ta belgiga teng. Qolaversa, uning peshonasida bizga yaxshi tanish bo‘lgan "ayfoncha kesiq" bor. Bu kesiqda dinamik, old kamera hamda boshqa datchiklar o‘rin olgan.

Smartfon o‘rta imkoniyatli Kirin 659 protsessori, 4 gigabaytli tezkor hamda 64/128 Gb doimiy xotiraga ega bo‘lgan.

Ikki sensorli bosh kamerada 13 hamda 2 megapikselli datchiklar mavjud. Selfi-kamera aniqligi esa 16 megapikselli. Smartfon akkumulyatorining tok sig‘imi 3000 mA soat.

Narx-navo

Honor 9i modelining 64 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqini $220, 128 Gb talqini $265 dollardan, ya’ni Huawei P20 Lite modelidan ancha arzonga sotuvga chiqariladi.

Honor 9i 2018 jihatlari:

Displey: 5.84-inch FHD+ FullView 2280 x 1080 pikselli (har bir dyuymda432 ppi), 2.5D qayrilma shisha;
Protsessor: 2.36 Ggs, 64 bitli va 8 yadroli Kirin 659;
Video karta: Mali-T830 MP2 w/ GPU Turbo;
Tezkor xotira: 4 Gb;
Doimiy xotira: 64 Gb, microSD orqali 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;
Bosh kamera: 13MP + 2MP w/ PDAF and LED fotochaqnoq;
Selfi kamera: 16MP f/2.0 w/, ekran orqali yorug‘ qilish;
Akkumulyator: 3,000 mA soat;
Operatsion tizim: Android 8.0 Oreo OS w/ EMUI 8.0;
Aloqa imkoniyatlari: WiFi, 4G LTE w/ VoLTE, Bluetooth 4.2, BLE, aptX, OTG, NFC, FM Radio, GPS, A-GPS, dual SIM (hybrid);
Sensorlar: akselerometr, yorug‘lik sensori, mo‘ljal sensori, oraliq-masofa sensori, giroskop, ovoz sensori hamda magnit;
Boshqa jihatlar: barmoq izi skaneri, yuz orqali tizimni ochish, USB Type-C, Huawei Histen 4.0 audio;
Korpus ranglari: tim qora, ko‘k, pushti, tilla rang;
O‘lchamlari: 149.2 x 71.8 x 7.7 mm;
Vazni: 152 gramm.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!