Arzon Meizu M8 Lite: sir ochildi, tugun yechildi

  •   Saroy
  •  1397
  •  29.08.2018 11:09

Arzon Meizu M8 Lite: sir ochildi, tugun yechildi

Yaqindagina Xitoyda sirli  Meizu smartfoni  M816Q indeks raqami bilan paydo bo‘lgan edi. Avval boshda uni Meizu X8 bo‘lsa kerak, deb o‘ylashgandi, ammo smartfon umuman boshqa model bo‘lib chiqdi.

Meizu M816Q yaqinda Xitoyning TENAA sertifikatsiya markazi saytida paydo bo‘ldi. Apparat Meizu M6T’ga o‘xshaydi, faqat orqasidagi ikkitalik kamera o‘rniga oddiy 13-megapikselli modul chaqnog‘i bilan o‘rnatilgan. Hujjatda qurilma ekranining  diagonali 5.7 dyuym deb ko‘rsatilgan. Formati  HD+ (1440x720 piksel, 18:9). Ichida to‘rtyadroli protsessor 1.3 GGs chastotasi bilan (MediaTek MT6737 bo‘lsa kerak). Faqat bitta versiya bo‘ladi, u ham bo‘lsa:  3 GB tezkor va 32 GB ichki xotira. Old kamerasi 5 megapikselli.

O‘QING:MEIZU 16 va MEIZU 16 PLUS: yilning eng yengil, eng yupqa va eng kuchli flagman smartfonlari

Akkumulyatorining sig‘imi 3100 mAch. Korpus o‘lchami (plastikdan qilingani ko‘rinib turibdi)  148.1x73.0x8.4 mm, og‘irligi 145 gramm. Eng arzon Meizu M8c’dan farqli ularoq, ushbu yangi arzon qurilmada barmoq izlari skaneri ham bor.

Smartfon Xitoyda sertifikatsiyadan o‘tdimi, demak rasmiy anons ham o‘zini uzoq kuttirmaydi. Meizu katta taqdimot o‘tkazishi mumkin, chunki unda flagman bo‘lishga bir qadam qolgan  Meizu 16x ham namoyish qilinadi.

O‘QING:Meizu 16’ni buzib ko‘ramiz: xo‘sh, xitoylik flagman o‘zida nimalarni yashirmoqda?