“Asian Investment Corporation” hamda IUT “Java ” dasturchilarni tayyorlash bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirdilar

“Asian Investment Corporation” hamda IUT “Java ” dasturchilarni tayyorlash bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirdilar

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va Asian Investment Corporation (AQSh) kompaniyasi Java dasturchilarini tayyorlash bo‘yicha sakkiz oylik kurslarga qabul boshlashdi, deb xabar qilinmoqda universitet saytida. Kurslarni xorijlik mutaxassis olib boradi.

Ushbu kurslar xalqaro stanlartlarga va ish beruvchilarning talablarini qonduruvchi yuqori malakali Java dasturchilarini tayyorlash maqsadida tashkil etilmoqda. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda dunyoda Java dasturchilari uchun 200 mingdan ziyod bo‘sh o‘rinlari mavjud. Ularning bir oylik maoshi xorijda $3 mingdan yuqori, O‘zbekistonda 10 mln. so‘mdan yuqorini tashkil etadi. 

Asian Investment Corporation kompaniyasi direktori Rovshan Shakirov shunday dedi: “Bizning kompaniyamiz O‘zbekistonda bir necha loyihalar amalga oshirmoqda va biz yuqori malakali Java dasturchilarga muxtojlik sezmoqdamiz. Mazkur muammoni xal etish uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan mazkur loyihani ishgu tushirdik”.

“Loyiha bo‘yicha ilk fikr 2017 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York (AQSh) shahriga tashrifi doirasida tug‘ilgan edi”, - dedi u.

Kurslarni dasturlarni yaratish va sifat nazorati bo‘yicha 16 yillik tajribaga ega AQSh kompaniyasining mutaxassisi olib boradi. Kurslar davomida tinglovchilar Java asoslarini, dastur tizimi, Java klasslari, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, Java Web Apps, JSF, Code-First, RESTful kabi texnologiyalar va xizmatlardan foydalanishni o‘rganadilar.

Kurslarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan tinglovchilarning soni chegaralangan. Tashkilotchilar ilk guruhga 24 nafar kishini taklif etadilar. Ular ikki guruhga bo‘lingan holda tushlikdan avval va keyin ta’lim oladilar.
 
Kursning to‘liq narhi 28,5 mln. so‘mni yoki oyiga 3,5 mln. so‘mni tashkil etadi. Kurs yakuniga ko‘ra eng yaxshi tinglovchilar Asian Investment Corporation kompaniyasining O‘zbekistondagi va xorijdagi loyihalariga jalb qilinadilar.

Batafsil ma’lumot uchun +998 71 2899999 (ichki 0195) raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.