ASUS Transformer Mini nomli gibrid planshetni sotuvga chiqardi

ASUS Transformer Mini nomli gibrid planshetni sotuvga chiqardi

Onlayn savdo bilan shug‘ullanadigan platformalar ASUS Transformer Mini  gibrid-plansheti uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladilar.

Ushbu gibrid yozda o‘tkazilgan Computex – 2016 ko‘rgazmasida namoyish etilgan edi. Model jahondagi eng yengil gibrid planshet nomiga da’vogarlik qilmoqda. Og‘irligi klaviatura bilan 790 grammni tashkil qiladi. Klaviturasiz esa 530 gramm, qalinligi – 8,2 mm. Bundan tashqari, o‘ramga maxsus podstavka ham kiritiladi.

ASUS Transformer Mini 10.1 dyuymli 1280 x 800 piksel aniqligidagi displeyga ega, unga Atom x5-Z8350 (Cherry Trail) protsessori, 4 GB tezkor xotira va 128 GB to‘plagich o‘rnatilgan.

484788

Wi-Fi (802.11ac) va Bluetooth 4.1 modullarini qo‘llab-quvvatlaydi, korpusda USB 3.0 porti, micro-USB, micro HDMI, mini-djek, microSD-karta slotlari mavjud.

Gibrid planshet Windows 10 versiyasidagi operatsion tizimda ishlaydi. Avtonom ishlash vaqti 11 soatni tashkil qiladi. Shuningdek, barmoq izi skaneri ham ko‘zda tutilgan.

Modelni 399 dollar narxida xarid qilish mumkin.