ASUSTOR korporativ sektor uchun 120 terabaytli to‘plagichni e’lon qildi

ASUSTOR korporativ sektor uchun 120 terabaytli to‘plagichni e’lon qildi

ASUSTOR kompaniyasi korporativ foydanishga mo‘ljallangan AS6212RD nomli tarmoqli to‘plagichni namoyish qildi.

Servernews saytining ma’lum qilishicha, gadjetga 2,5 yoki 3,5 dyuymli Serial ATA 3.0 interfeysidagi qattiq disklarni o‘rnatish imkoniyati mavjud. Agar unga 12 ta sig‘imi 10 TB bo‘lgan to‘plagichlar o‘rnatilsa, jami sig‘im 120 TBni tashkil qiladi.

Qurilma Intel Braswell platformasida ishlaydi. Unga maksimum chastotasi 2,24 bo‘lgan to‘rt yadroli Celeron protsessori o‘rnatilgan. SO-DIMM DDR3L standartidagi operativ xotiraning hajmi – 4 GB, biroq uni 8 GBgacha kengaytirsa bo‘ladi.

asustor2

ASUSTOR AS6212RD to‘rtta Gigabit Ethernet porti hamda turli periferiya qurilmalarini ulash uchun to‘rtta USB 3.0 portiga ega. Bundan tashqari, HDMI 1.4b porti ham ko‘zda tutilgan. Yana shunisi ham muhimki,to‘plagich ikkita quvvat bloki yordamida ishlay oladi. Bu esa texnik nosozliklar paytida gadjetning uzluksiz ishlashini ta’minlashga yordam beradi.

Gabaritlari – 535 × 439 × 88 mm, og‘irligi — 12,7 kg. Hozircha model narxiga aniqlik kiritilmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!