Atom hajmicha chiqadigan dvigatel ixtiro qilindi

Atom hajmicha chiqadigan dvigatel ixtiro qilindi

Germaniyaning Mayns universiteti fiziklari bir atom yoki iondan iborat yoqilg‘i dvigatelini ixtiro qilishdi. Elektron ion garmonik tebranishlar hosil qilish uchun issiqlik energiyasidan foydalanadi. Mashina samaradorligi 0,28 foizni tashkil etadi. Ushbu tadqiqot Science juranalida e’lon qilingan.

Olimlar bunday qurilmani yaratish uchun kalsiyli ionni kvadruopolli maxsus qulfga tushirishdi. Kvadruopol — to‘rt xil turli quvvatlantiruvchi majmua bo‘lib, u ionlarni ushlashga mo‘ljallangandir. Ion dvigatelning ishchi bo‘lagi hisoblanadi. Shu bilan birga mashinaning ishlashi uchun muzlatgich va qizdirgich ham kerak bo‘ladi. Olimlar muzlatgich sifatida lazerli muzlatish tizimidan foydalanishdi. Bu o‘rinda qizdirgich bo‘lib elektr maydonining fluktuatsiyasi rol o‘ynadi.

Tebranuvchi elektr maydoni muzlatgich doimiy ravishda ishlab turganida o‘chib-yondi. Aylanish jarayonida ion yana “qizib”, o‘zgarishga uchraydi va o‘z quvvatini yanada oshiradi. So‘ngra fluktuatsiya o‘chishi bilan yana avvalgi holatiga qaytadi. Bunday dvigatelning quvvati 10-22 joul etib belgilangan.

Manba: Kun.uz

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!