Aura: hujjatlarni skanerlash endi stol lampasi orqali amalga oshiriladi

  •   Saroy
  •  692
  •  16.10.2018 13:02

Aura: hujjatlarni skanerlash endi stol lampasi orqali amalga oshiriladi

Hujjatlarni skanerlash, ba’zan juda qiyin jarayonga aylanib ketadi, ayniqsa, sahifa ko‘p bo‘lsa. Ushbu muammoni hal qilishga  Aura gadjeti yordam beradi. Bu, stol lampasi bo‘lib, unga skaner o‘rnatilgan va u sahifalarni juda tez skanerlaydi.

Aura chirog‘ini har qanday stolga o‘rnatsa bo‘ladi, faqat kontrast uchun qora fon to‘shash kerak. Qurilmaning yuqori qismiga kamera o‘rnatilgan, aynan ushbu kamera skaner qilish uchun javob beradi. Unga bir nechta svetodiodlar yordam beradi. Svetodiodlardan ish joyini yoritish uchun ham foydalansa bo‘ladi.

O‘QING:Android uchun ABBYY’da matn skanerlash bepul bo‘ldi

Skanerlash jarayoni shunday kechadi:  kamera tagiga hujjat, kitob, rasm va boshqa istalgan narsa  qo‘yiladi. Aura avtomatik ravishda ob’yekt chegarasini aniqlaydi va nusxani xotirasida saqlaydi. Skaner qilingan narsalarni avtomatik ravishda bulutga yoki hujjat bilan ishlash ilovasiga yuklash mumkin. Qulaylik uchun maxsus pedal mavjud, uning yordamida yangi skaner qilish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, bir marta skaner qilish uchun atigi 2 soniya ketadi. Shu yo‘l bilan kitob yoki chizmalar to‘plamini tez raqamlash mumkin, A3 o‘lchamigacha bo‘lgan hajmdagi hujjatlarni qo‘llab quvvatlaydi. Agar skanerlash judayam zarur bo‘lmasa, ob’yektlarga sig‘adigan katta shakllarni va boshqa istalgan narsalarni raqamlab qo‘yish mumkin.

Bunday lampa-skanerlar  179 dollar turadi. Sotuvga joriy yil dekabrda chiqariladi. Loyihani hayotga joriy qilish uchun boshda 50 ming dollar yig‘ish ko‘zda tutilgan edi, ammo hozirgacha qariyb 250 ming dollargacha yig‘a oldi.

O‘QING:Qualcomm barmoq izini skanerlashning mutlaqo yangi texnologiyasini yaratdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.