Avstraliyada jahondagi ilk gigabitli LTE-tarmoq ishga tushdi

Avstraliyada jahondagi ilk gigabitli LTE-tarmoq ishga tushdi

Avstraliyaning yirik mobil operatorlaridagi hisoblanadigan Telstra kompaniyasi internet uzatish imkoniyati 1000 mbit/soniyani tashkil qiladigan jahondagi ilk LTE tarmoqni ishga tushirganligini e’lon qildi, deb yozmoqda 4PDA sayti.

Operator mazkur tarmoqni 2016 yilning oxirida foydalanishga topshirishni rejalashtirgan edi. Biroq kutilmagan ba’zi muammolar tufayli uning ishga tushirilishi biroz orqaga surilgan. Netgear Nighthawk M1 4G portativ marshrutizatori bunday tezlikdagi ma’lumot uzatilishini qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi qurilmaga aylangan. Unga Qualcomm Snapdragon 835 protsessoriga o‘rnatilgan Qualcomm X16 gigabitli modemi o‘rnatilgan. Unga Wi-Fi 802.11 ac texnologiyasi bo‘yicha 20 tagacha qurilmani ulash imkoniyati mavjud.

Telstra`ning gigabitli tarmog‘ini yaratishda Ericsson kompaniyasi yordam bergan, Qualcomm va Netgear esa bunday tarmoqqa mo‘ljallangan tayyor qurilmani ishlab chiqarishda hamkorlik qilgan.

Mazkur tarmoqni sinash jarayonida 900 Mbit/soniyaga teng yuklab olish tezligi qayd qilingan. Shunday bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich atrof-muhim sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin. Yuklash tezligi esa taxminan 150 Mbit/soniyani tashkil etadi. Telstra 2015 yilda 600 Mbit/soniya tezlikka ega LTE tarmoqni ishga tushirgan birinchi operator bo‘lgan edi.

Qualcomm rasmiylaridan bo‘lgan Piter Karsonning aytishicha, gigabitli LTE tarmoqlar 5 avlod tarmoqlari uchun asos vazifasini o‘taydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.