Avstraliyada o‘lim sababini aniqlovchi ilova yaratildi

Avstraliyada o‘lim sababini aniqlovchi ilova yaratildi

Smartfonga yuklanadigan mazkur ilova marhumning qarindoshlari ko‘rsatmalariga va uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayanib o‘lim sababi haqida xulosa yasaydi. Ajoyib tashxischi dasturni Avstraliyaning Melburn universiteti xodimlari ishlab chiqishdi. Hozirgi kunda ilova Hindiston, Meksika, Papua-Yangi Gvineyada sinash ishlarining oxirgi bosqichini o‘tamoqda. Sinov tugallangach, undan butun dunyo aholisi foydalanishi mumkin. Dasturni ishlab chiqqan mutaxassislar “cho‘ntak patologoanatomi” deb atashmoqda.

Ilova foydalanuvchisiga bir qator savollar beriladi, so‘ng salomatlikka ehtimoliy tahdidlarni dastur o‘zi tahlil qilib, o‘lim sababini 97 foiz aniqlikda aytib beradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!