Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...

  •   Saroy
  •  908
  •  23.06.2018 13:16

Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...

CCC (Car Connectivity Consortium) konsorsiumi o‘zining ilk Digital Key standartini ommaga namoyish qildi. U avtomobillar uchun vertual kalitni smartfonga yuklab olish imkonini beradi.

Ushbu konsorsiumga taniqli avtokonsernlar bilan birga smartfon ishlab chiqaruvchilar ham kirgan. Ular qatorida Apple, Audi, BMW, General Motors, Hyundai, LG Electronics, Panasonic, Samsung va Volkswagen kabi gigantlar bor.

Vertual kalit yordamida  NFC bilan ta’minlangan smartfon orqali   avtomobilingizni ham ochasiz, ham yopasiz, dvigatelni yoqasiz, istasangiz avtomobilingizni boshqa haydovchi boshqarishga  imkon berasiz. Shu bilan birga, mazkur standart xavfsizlik masalasiga ham alohida urg‘u beradi.

Konsorsium ishtirokchilari  allaqachon  Digital Key standartining ikkinchi bosqichi ustida tadqiqot ishlarini boshlab yuborishgan. Yangi mahsulot 2019 yilning  birinchi choragida taqdim etiladi. U avtomobil bilan smart-qurilma orasida standartlashtirilgan  autentifikatsiya protokolini taqdim etishi kerak.

Xullas, kelgusida kimdir mashinangizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lsa, avval smartfoningizni qo‘lga kiritishi  kerak bo‘ladi.