Avtooynalar smartfon texnologiyasi asosida pishiq va yengil yaratiladi

Avtooynalar smartfon texnologiyasi asosida pishiq va yengil yaratiladi

Corning firmasi smartfon va planshet olamida yaxshi tanilgan. Corning firmasining Gorilla Glass oynalaridan Ford GT superkarini yasashda foydalanishmoqchi. Bu haqda carzone.uz xabar bermoqda.

Ta’kidlash kerakki, Gorilla Glass oynalari tirnalmaydi va pishiq puxtaligi bilan ajralib turadi. Shu xususiyati tufayli avtomobil oynasini 25-50 foizga yupqalashtirsa bo‘ladi, bu esa vaznini 5,5 kgga kamaytiradi.

Ford GTning yangi oynalari bir qancha sinovlarga tom ma’noda bardosh berdi: yo‘lda mashina g‘ildiragidan toshlar uchib chiqib tegishi imitatsiya qilindi, to‘qnashuv testi o‘tkazildi. Sinov yakunida yangi sportkarga xuddi shu oynani o‘rnatishga qaror qilindi.

 

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.