Axborot texnologiyalari vakillari dunyoning eng boy va serdaromad kishilariga aylandi

Axborot texnologiyalari vakillari dunyoning eng boy va serdaromad kishilariga aylandi

Joriy yilning 2 mart kuni Amerikaning Forbes biznes jurnalida navbatdagi dunyoning eng boy kishilari ro‘yxati e’lon qilingan edi. Undan jahonning 1,810 nafar milliarderlari o‘rin olgan.

Ahamiyatli jihati shundaki, mazkur davlatmandlar orasida, ayniqsa axborot texnologiyalari sohasi vakillari, bu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya rahbarlari daromadlarining yillik o‘sishi va ko‘lami boshqa soha vakillarinikiga qaraganda ancha yuqori.

Misol uchun, 2016 yilning 1 mart holatiga ko‘ra hisobida  81.1 milliard AQSh dollar mablag‘i bo‘lgan Bill Geyts ketma-ket uchinchi, jami 17 marotaba “dunyoning eng boy kishisi” nomiga sazovor bo‘lgan.

Bill Geyts — amerikalik tadbirkor,  Microsoft kompaniyasining sobiq rahbari. U 1955 yilda AQShda tavallud topgan. Otasi yurist va onasi tadbirkor bo‘lgan.

Forbes jurnaliga ko‘ra yana bir axborot texnologiyalari sohasi vakili – Mark Zukerberg 2016 yilda eng ko‘p daromad ko‘rgan boylar orasida yetakchilikka da’vo qilmoqda. U oldingi yilga qaraganda ro‘yxatda 10 pog‘ona yuqorilab, 6 o‘ringa ko‘tarilgan. Uning mablag‘i 2015 yilda 33.4 milliarddan 2016 yilda 44.6 milliard AQSh dollariga yetgan.

Mark Zukerberg — Facebook  ijtimoiy tarmog‘i asoschisi, internet texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatuvchi Facebook Inc. kompaniyasi rahbari, amerikalik dasturchi. U 1984 yilda Amerikada tavallud topgan.  Otasi kelib chiqishi germaniyalik bo‘lgan stomatolog va onasi ruhshunos.

Shu bilan birga, axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatuvchi yana bir kompaniya – Amazon internet do‘koni rahbari ham 15 o‘rindan 2016 yilda 5 o‘ringa ko‘tarilgan. Uning hisobidagi mablag‘ 45.2 milliard AQSh dollarini tashkil qilar ekan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!