Axborot texnologiyalari vazirligi istiqbolli kadrlar bazasini shakllantirmoqda

Axborot texnologiyalari vazirligi istiqbolli kadrlar bazasini shakllantirmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilinishicha,  Vazirlik tomonidan ayni kunda tizimdagi hamda Respublika iqtisodiyoti tarmoqlaridagi AKT bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari uchun rahbar lavozimlariga zahira kadrlari ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi yoki kelajakda o‘zining kasbiy muvaffaqiyatlarini shu sohada ko‘radigan barcha qiziquvchilar mazkur ma’lumotlar bazasidan o‘rin olish uchun ob’yektivka-ma’lumotnomasini (ma’lumotnoma namunasi) va oxirgi uch yillik faoliyati ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotni Vazirlikning “Kadrlar bo‘limi”ga quyidagi manzil bo‘yicha yuborishlari kerak: Toshkent shahar, A.Temur shoh ko‘chasi, 4-uy yoki elektron pochta orqali: [email protected].

Ma’lumot uchun telefonlar: 2384116, 2384143, 2384312.