Axborot texnologiyalari vazirligi tizimida rahbarlar o‘zgarishi bo‘ldi

Axborot texnologiyalari vazirligi tizimida rahbarlar o‘zgarishi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyrug‘i bilan, shu kunga qadar «O‘zbektelekom» AKning «Bosh kommutatsiya markazi» direktori vazifasini bajarib kelgan Gaziyev Emir Rustamovich vazirlikning Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi Bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu to‘g‘rida vazirlikning veb-saytida xabar qilinmoqda.

Shuningdek, vazirlikning tegishli buyrug‘iga muvofiq, shu kunga qadar Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi Bosh direktori vazifasini bajarib kelgan Ziyayev G‘olibsher Meliboyevich vazirlikning Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.