Ayollar uchun eng zo‘r Telegram-kanallar

  •   DiMaX
  •  5816
  •  22.04.2017 17:47

Ayollar uchun eng zo‘r Telegram-kanallar

Mobil ilovalar barcha sohaga dadil kirib kelyapti, ularning yutuqlaridan tobora keng foydalanilmoqda. Masalan, Telegram messenjerida muloqot qilishdan tashqari, undagi turli kanallar orqali ta’lim olish, yangiliklardan boxabar bo‘lish mumkin va hokazo.

Shunday yaxshi kanallarning ilk to‘plamini avval saytimizda e’lon qilganmiz. Bugungi to‘plamimiz esa go‘zal oqila ayollarimizga bag‘ishlanadi. Ular asosan pardoz-andoz yo‘nalishida bo‘lib, ko‘proq rus tilida bo‘lsa-da, oqila opa-singillarimiz qiyinchilikka duch kelishmaydi, deb o‘ylaymiz. Ulardan o‘ziga yoqqan kanalga a’zo bo‘lid, qiz-ayollarimiz go‘zallik industriyasidagi so‘nggi trendlardan boxabar bo‘lib, o‘ziga oro berish bo‘yicha maslahatlar olib borishlari mumkin.

  1. Don’t touch my face

O‘ziga qarashga bag‘ishlangan juda ommabop bu kanalni Adel Miftaxova yuritadi. U fanga tayangan holda maslahatlar berib va o‘z fikrlarini fotosuratlar bilan mustahkamlab boradi. Adelning kanalida siz yuz parvarishida kunduzgi kremning ahamiyati qandayligi, terini qanday to‘g‘ri tozalashni va kosmetik vositalar tarkibidagi qaysi ingrediyentlardan ehtiyot bo‘lish lozimligini bilib borasiz.

  1. Byebyeflaw

Tashqi ko‘rinishiga befarq bo‘lmaganlar uchun yana bir kanal. Unda Darya Abramova teri va soch uchun eng foydali mahsulotlar haqida tavsiyalar berib boradi. Yana u qimmatbaho vositalarning hamyonbop analoglarini izlab topib ma’lum qiladi.

  1. OSTRIKOVS

Erkak kishi yurituvchi, ammo ayollarga bag‘ishlangan kanalga tobingiz qalay? Sergey Ostrikov – Pudra.ru internet-do‘konining kreativ direktori va anchagina taniqli beauty-bloger (go‘zallik, pardoz sohasida yozuvchi). Sergeyning bu borada tajribasi katta va maslahatlari asosli. Kanalda reklamal ham mavjud.

  1. Dnevnik vizajidze

Vizajist Iren Shimshilashvili o‘zining va hamkasblarining ishlaridan tushirilgan suratlarni e’lon qilib boradi. Yana kosmetika mahsulotlari xususida fikrlarini baham ko‘radi. Yana kanalda vizajistning kundalik turmushidan qiziqarli voqealar va hayotiy maslahatlar ham berib boriladi.

  1. Byuti za 300

Kosmetika va makiyaj haqidagi ommabop kanal. Yekaterina Slyadneva kosmetik vositalarning jonli, batafsil tavsiflarini e’lon qilib, yana ayollarga xos maslahatlar berib boradi.

  1. Melanholy Beauty Channel

Aleksandra Gaykovichning «labbo‘yoq va boshqa mayda-chuydalar» haqidagi kanali. Bu mayda-chuydalar asosan manikyurga tegishli. Kanalda lab va tirnoqlar parvarishi vositalarining tavsiflari ko‘proq. Boshqa pardoz vositalariga ham joy ajratilgan, albatta.

  1. Fifa

Bu – Fifabeauty.ru mustaqil beauty-blogining qayta yo‘lga qo‘yilgan kanali. Uni prodyuser va fotograf Natalya Pokrovskaya olib boradi. Uning tavsiflari sub’yektiv, ammo baribir qiziqarli.

  1. Beauty Insider

Shu nomdagi ommabop blogning Telegram-kanali. Bu yerda go‘zallik industriyasi yangiliklarini, turli mish-mishlarni uchratasiz, ammo, mualliflarining ta’kidlashlaricha, ular ortiqcha maqtovlarsiz va ozroq sinizm bilan beriladi. Shuningdek, makiyaj va kosmetika haqida yozadiganlar uchun ham bu kanal foydali bo‘ladi.

  1. Chem risuyut na litse

Bu kanal beauty-blogerlar – Mila, Olya va Lena tomonidan yuritiladi. Ular Instagram va Snapchat’dagi tegishli publikatsiyalarni kuzatib borishadi va yangiliklarni tezda kanalda baham ko‘rishadi.

  1. Kosmetos

Kanalning ta’rifidan ham uning yo‘nalishi ma’lum: «Kosmetika va Kardashyan xonadoni haqidagi ko‘p gaplar». Uni yaxshigina yumor hissiga ega Anna Sarkisyan yuritadi.

  1. Beauty Stuff

Masha ismli qiz beauty-muharrir bo‘lib ishlaydi va o‘z bilimlarini shu kanalda baham ko‘rib boradi. Sochlarni keratinli qayta tiklashning odatda aytilmaydigan ta’sirlari xususidagi yoki MAC’ning yangi yozgi upasi haqidagi ma’lumotlarga qiziqsangiz, bu kanal siz uchun.

  1. Makeup is fun

Agar «qalovini topsangiz», makiyaj juda oson va quvnoq ish. Bu kanal ayni shunga bag‘ishlangan. Unda siz konturing nima ekanini, rumyandan qanday foydalanish kerakligi, koloristika asoslari va boshqa ko‘plab foydali ma’lumotlarni bilib olasiz.

  1. Kanal krasoti

Mazkur kanal makiyaj, manikyur, soch turmaklari haqidagi fotosuratlar, gif va videolavhalarga to‘la. Ular «minimum matn, maksimum ekshen» uslubida.

  1. Rapupupunsel

Tor ixtisoslikdagi – sochlar parvarishi va ularga aloqador hamma narsa haqidagi kanal. Unda shampunlar, spreylar va boshqa soch parvarishi vositalarining tavsiflari beriladi. Bu kanal oddiy foydalanuvchilarga ham, sartaroshlarga ham qo‘l keladi.

15. Mir manikyura

Bu kanal tirnog‘iga oro beruvchilarga va manikyur ishqibozlariga atalgan. Shuningdek, neyl-art sohasida ishlovchi professionallarga ham nafi tegadi. Kontenti asosan vizual ko‘rinishda – foto, foto va yana foto.

Shuningdek, Telegram’dagi eng yaxshi botlar haqidagi maqolamizga va ularning 2-to‘plamiga ham nazar solishingizni tavsiya etamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!